calendar 08 Jun 22:25
eye 137
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jarimalar va alimentdan qarzini to‘lamagan fuqaroning Kia'si xatlandi

image

Toshkentda jami 462 mln so‘mlik jarimalar va alimentdan qarzini to‘lamagan fuqaroning Kia K5 rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor J.T. dan qarz undirish bilan bog‘liq bo‘lgan 462 mln 235 ming 687 so‘mlik ijro jami 210 ta hujjatlar kelib tushgan.

Ushbu hujjatlarning 208 tasi 91 mln 969 mln. so‘mlik Toshkent shahar IIB YHXBning qarorlariga asosan kelib tushgan ma’muriy jarimalarni tashkil qilsa, 1 tasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 359 mln 340 ming so‘mlik qarzdorlikni undirish haqidagi hujjat hamda 1 tasi 1 nafar voyaga yetmagan farzandlariga aliment undirish bilan bog‘liq bo‘lgan ijro hujjatlar hisoblanadi.

Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritilib, qarzdorga ixtiyoriy ravida to‘lash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Mazkur qarzdorliklarni qarzdor J.T. tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochisining olib borgan ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan Kia K5 rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida Majburiy ijro byurosi xodimlari jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorning Tesla'sini xatladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni muhokama qilindi

2025-yil 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Isroil Davlatining Knesseti Spikeri Amir Oxana bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni va ahamiyati muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida samarali natijalarga erishish uchun parlamentlararo munosabatlarni yanada faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, doʻstlik guru

16 Apr 15:12
 
36
0
xs.uz

Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi

Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega

22 Mar 08:54
 
55
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekistonhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 'Yangi O'zbekiston' bog'ida Navro'z umumxalq bayrami shodiyonasi bo'lib o'tdi. Unda davlatimiz rahbari nutq so'zlab, xalqimizni ayyom bilan tabrikladi.Tadbirni yoritishda ishtirok etgan 'Xalq so'zi' muxbiri fotoreportaj tayyorladi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu