calendar 08 Jun 15:58
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bozorda IIB xodimlari bilan janjallashgan sotuvchi ayol jarimaga tortildi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi dehqon bozorida sotuvchi ayol va IIO xodimlari o‘rtasida nizo kelib chiqqani va xodimlar ayolni olib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, videoda tasvirlangan holat 2023 yilning sentyabr oyida sodir bo‘lgan. 

“Sho‘rchi dehqon bozorining o‘rtasida, ya’ni yo‘llarga oziq-ovqat mahsulotlarini chiqarib sotayotgan vaqtda, jamoat tartibini saqlash maqsadida tuman IIB xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan qarshilik ko‘rsatgan sotuvchi X.A. tuman IIB xodimlari va PPX xodimlari tomonidan dalolatnoma qilinayotgan vaqtda IIB xodimlarining qo‘lidagi dalolatnomani yirtib tashlab, ularni xaqorat qilgan”, deyiladi hokimlik bayonotida. 

Tuman IIB binosiga olib kelingan sotuvchi ayolga nisbatan hujjatlar to‘planib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi, 194-moddasi 1-qismi, 195-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi tomonidan ayolga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, ya’ni uch million uch yuz ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Surxondaryoda soliqchiga tuzlama suvini sepgan sotuvchi ayollar jazolangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
154
0
xs.uz

Qasim-Jomart Toqayevdan Rejep Tayyip Erdogʻangacha: Xorijiy hamkorlardan Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallagan, azaldan xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, bagʻrikenglik va saxovat kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etgan muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelib tushmoqda.Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga chuqu

31 May 08:49
 
58
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon toʻlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27-may kungi yigʻilishida 'Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida'gi qonun loyihasi'muhokama qilindi.Taʼkidlanganidek, Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish natijasida fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy n

04 Jun 02:44
 
136
0
xs.uz

Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Qarorga koʻra, oʻrmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi 'Oʻrmontexnoservis' davlat unitar korxonasi negizida 'Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi' davlat muassasasi tashkil etiladi.Markaz quyidagilarni nazarda tutuvchi 'Aqlli oʻrmon xoʻjaligi' (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi:

13 May 14:37
 
144
0
xs.uz

Buxorodagi “chigirtkalar bosqini” yuzasidan mahtml5-dom-document-internal-entity2-039-endlumot berildi

Buxoro viloyatining ayrim hududlariga minglab chigirtkalar yopirilgani toʻgʻrisidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan FVV matbuot xizmati maʼlumot berdi.Unga koʻra, viloyat hududida zararli chigirtkalar tarqalganligi boʻyicha viloyat FVBga xabar kelib tushgan.Shunga asosan, viloyat FVB, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar voqea joyiga yetib borib, hududlarda 15 ta maxsus texnika yordamida kimyoviy ishlov berish amaliyoti bajarilgan.