calendar 07 Jun 19:27
eye 104
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda Lacetti daraxtga borib urildi (video)

image

Toshkent shahrida Lacetti daraxtga urilib ketdi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 7 iyun kuni  soat 13:30 larda Yashnobod tumani Elbek ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi B.T.  Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda drift qilgan BMW haydovchisiga chora ko‘rilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
9
0
xs.uz

Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum

03 Sep 21:35
 
25
0
xs.uz

Magistratura bosqichiga qabul natijalari eʼlon qilindi

Davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul natijalari eʼlon qilinmoqda.Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali tekshirishi mumkin.2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliygohlarining magistratura bosqichiga qabul natijalari eʼlon qilinmoqda, deb xabar berdi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.Magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizal

10 Oct 10:49
 
17
0
xs.uz

Oʻzaro manfaatli hamkorlik

Gʻ.Otajonov/'Xalq soʻzi'. Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov qabulida boʻlib, 'Qoraqalpogʻiston Respublikasida 'Suyenli kanali tizimini rekonstruksiya qilish' loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv x

26 Aug 12:29
 
33
0
xs.uz

26-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 26-avgust, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3'8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +31...+33 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7'12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi