Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar berdi.
Shuhrat Rizayev 2017 yildan buyon agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
U 1958 yil 10 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligida, Oybek muzeyida, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi faoliyat yuritgan.
2017 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni asosida "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan. 2021 yilda esa "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kinematografiya agentligining oldingi direktori Firdavs Fridunovich Abduxoliqov O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlanishi munosabati bilan, lavozimidan ozod etilgandi.