calendar 06 Jun 22:49
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Slovakiya Bosh vaziri o‘ziga qilingan suiqasdga birinchi marta izoh berdi

image

15 may kuni suiqasdga uchragan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso hujumchiga nisbatan nafrat his qilmaganini aytdi. Bosh vazir iyun-iyul oylarida ishga qaytish niyatida va hozirda Bratislavadagi Avliyo Mixail shifoxonasida ambulator davolanmoqda. Bu uning suiqasddan keyin birinchi marta omma oldida chiqishi.

"Men uchun birinchi qadamni qo‘yish vaqti keldi. Bu kechirim. Meni otgan odamdan nafratlanmayman. Men unga nisbatan hech qanday qonuniy choralar ko‘rmayman va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilmoqchi emasman. Men uni kechiraman", deydi Robert Fitso o‘zining Facebook'dagi sahifasida e’lon qilgan videomurojaatida.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, u hujumchiga o‘z harakati sabablarini aniqlashga imkon beradi.

“Oxir-oqibat, u shunchaki siyosiy mag‘lublar, hafsalasi pir bo‘lgan muxolifat Slovakiyada yengib bo‘lmas darajada rivojlantirgan yovuzlik va siyosiy nafratning elchisi bo‘lganligi aniq. Bu yolg‘iz telbaning hujumi deb o‘ylash uchun hech qanday asos yo‘q”, degan Bosh vazir.

15 may kuni Gandlova shahrida Bosh vazir Robert Fitso 71 yoshli yozuvchi Juray Cintula tomonidan bir necha marta otilgandi. U o‘z sabablarini Slovakiya hukumati faoliyatiga rozi emasligi bilan izohladi.

“Republika” nashriga ko‘ra, Juray Cintula muxolifatdagi “Progressiv Slovakiya” liberal partiyasi tarafdori. Biroq, muxolifat partiyasi rahbari Mixal Shimeska Cintula va harakat o‘rtasidagi aloqani rad etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
150
0
xs.uz

HAMAS AQSH fuqarosini ozod qildi. U soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin

HAMAS garovga olingan AQSH va Isroil fuqarosi hisoblangan Aleksander Idenni ozod qildi. 'The Times of Israel' nashrining xabar berishicha, Iden Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirilgan. Hozirda u Isroil hududida.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli Aleksander yaxshi jismoniy holatga ega emas, unda mushak distrofiyasi belgilari aniqlangan. 2023-yil oktyabr oyida qoʻlga olingan paytda Isroil armiyasida xizmat qilgan Aleksander Amerika fuqaroligiga ega boʻlgan HAMAS qoʻlidagi soʻnggi tiri

01 Jul 04:28
 
3
0
xs.uz

Serbiyada tartibsizliklar: namoyishchilar nimadan norozi?

Serbiyada hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari nazoratdan chiqib ketmoqda.Oʻtgan dam olish kunlari Belgradda fuqarolar urushi kayfiyatini beruvchi muhit hukm surdi. Shanba kuni kechqurun prezident Aleksandr Vuchich hukumatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketdi. Toʻqnashuvlar davomida koʻplab politsiyachilar yaralangan. Jabrlangan namoyishchilarning aniq soni haqida xabar berilmagan, bir necha oʻnlab namoyishchilar hibsga olingan.Avvaliga 140 ming

04 Jun 02:45
 
49
0
xs.uz

Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endyostigʻini quritdihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end

Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafa

13 May 14:38
 
156
0
xs.uz

Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi

Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc