calendar 06 Jun 22:04
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an raisligida O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Turkiya yetakchisi va xalqiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, bugungi yig‘ilish muborak Qurbon hayiti arafasida va ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 32 yilligi nishonlanayotgan yilda o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

"Strategik hamkorlik kengashining tashkil etilishi O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi va sheriklikning barcha sohalarida yanada rivojlanishga kuchli sur’at bag‘ishladi", dedi Mirziyoyev.

Siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar jadal rivojlanmoqda, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik faollashmoqda.

So‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmi 1,5 barobarga, qo‘shma korxonalar soni 2 barobarga, O‘zbekiston iqtisodiyotiga turk investitsiyalari hajmi 2,5 barobarga oshdi. Ikki davlatning yirik shaharlari o‘rtasida haftasiga 90 ta parvoz amalga oshirilmoqda, Turkiyadan kelayotgan turistlar oqimi 3 barobarga ko‘paydi.

Yaqin kelajakda ikki tomonlama savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Bugun O‘zbekistonda “Cengiz Holding”, “Aksa Energy”, “Çalık Holding”, “Akay Inşaat”, “Anadolu Group”, “Özgüven”, “Eczacıbaşı Holding” kabi yetakchi turk kompaniyalari tomonidan 100 dan ortiq loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu galgi tashrif doirasida 10 milliard dollarlik yangi investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va birgalikda uchinchi davlatlar bozorlariga chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida bojxona tariflarini pasaytirish, Istanbul shahrida O‘zbekiston savdo vakolatxonasini ochish zarurligi qayd etildi.

Qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish va tibbiyot klasterlarini tashkil etish sohalarida Turkiyaning ilg‘or tajribasi va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishga talab borligiga e’tibor qaratildi.

Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi ikki mamlakatning transport-logistika salohiyatini oshirish, shu jumladan, O‘rta koridor imkoniyatlaridan samarali foydalanishdir.

Oliy, professional va texnik ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, teatr festivallari, madaniyat haftaliklarini o‘tkazish, birgalikda tarixiy filmlar suratga olish va madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini chuqurlashtirishga qaratilgan deklaratsiyani qabul qilinayotgani va ikki davlat rahbarlari boshchiligida O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilganini olqishladilar.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha hukumatlarga qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash topshirildi.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyib Erdo‘g‘anni kengashning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
34
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev BMT vakilini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentyabr kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi nufuzli'tarmoq tuzilmasi rahbari shu kunlarda Toshkent shahrida o'tkazilayotgan Dengizga chiqish imkoniyati bo'lmagan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha xalqaro forum doirasida mamlakatimizda bo

09 Oct 12:39
 
22
0
xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq

09 Oct 12:39
 
21
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

03 Sep 21:35
 
26
0
xs.uz

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boshlandi

Davlatimiz rahbari koʻp millatli xalqimizni bugungi ulugʻ ayyom bilan chin qalbdan tabriklab, barchaga oʻzining yuksak hurmati, ezgu tilaklarini izhor etdi.'Mana shu hayajonli daqiqalarda hammamiz milliy istiqlolimiz naqadar bebaho neʼmat ekanini, uning tarixiy ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz.Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. Oʻzbekiston yangi tarixiy davrga qadam qoʻydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladik. Bu bilan