calendar 06 Jun 16:48
eye 112
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

27 nafar o‘zbekistonlik Olmaotada hibsga olindi

image

Olmaotada huquq-tartibot idoralari xodimlari 27 nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda  “Zakon” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, militsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Nelegal” tezkor-profilaktika tadbiri davomida O‘zbekiston fuqarolari aniqlangan. 27 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘iston migratsiya qonunchiligini buzgani uchun qo‘lga olingan. Tekshiruv davomida to‘qqiz nafar xorijlik fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan.

“Hozirda huquqbuzarlar  shahar ichki ishlar bo‘limining qabulxonasiga joylashtirildi. Har bir huquqbuzarning shaxsini ishonchli aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, deydi Olmaota politsiya departamenti migratsiya xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Gennadiy Men.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Qozog‘istonda Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani uchun mamlakatdan majburan chiqarib yuborilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland