calendar 06 Jun 10:39
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Oppengeymerning nabirasi atom energiyasidan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda foydalanishni taklif qildi

image

Atom energiyasi texnologiyalaridan dunyoni yo‘q qilishda emas, balki uni qutqarish uchun foydalanish mumkin. Bu haqda Ikkinchi jahon urushi davrida Yaponiyaga tashlangan atom bombasini yaratishda muhim rol o‘ynagan Robert Oppengeymerning nabirasi Charlz Oppengeymer Tokiodagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Mashhur fizikning nabirasi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yadro energiyasidan kengroq foydalanish kerakligini ta’kidladi. Oppengeymer bu davrda atom energiyasiga ega davlatlar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish zarurligini urg‘uladi.

Uning fikricha, agar ular muloqotni kuchaytirmasa, AQSH, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi keskinlik dunyodagi eng katta xavfga aylanishi mumkin.

“Biz ota-bobolarimizdan, jumladan, bobomdan ham o‘rganishimiz mumkinligiga ishonaman. Ularning maslahatlarini tinglash bugun har qachongidan ham muhimroq. Men atom energiyasidan yaxshilik uchun foydalanishimizga ishonaman”, deydi Oppengeymer.

Yaponiyaning janubi-sharqidagi Xirosimaga tashrifi chog‘ida Oppengeymerning nabirasi Xirosima tinchlik yodgorlik muzeyi direktori Xarada Xiroshi bilan uchrashdi.

Ma’lumot uchun, amerikalik fizik, "atom bombasi ixtirochisi" Robert Oppengeymerning nabirasi, 49 yoshli Charlz Oppengeymer AQSHda yashaydi. U atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni qo‘llab-quvvatlovchi “Oppengeymer loyihasi” nodavlat tashkilotining asoschisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Robert Oppengeymer hayoti va atom bombasining yaratilishi haqida hikoya qiluvchi “Oppengeymer” biografik filmi “Oskar” mukofotini topshirish marosimida 7 yo‘nalish bo‘yicha “Oskar”ni qo‘lga kiritgandi. Oppengeymer va bir guruh olimlar tomonidan atom bombasini yaratish jarayoni haqida hikoya qiluvchi film 2023 yil iyul oyida ko‘plab mamlakatlar, xususan AQSHda namoyish etilgan bo‘lsa, shu yilning mart oyi oxirida Yaponiyada tomoshabinlarga namoyish etildi. Film 2024 yilning datslabki haftasida bo‘lib o‘tgan “Oltin Globus” taqdirlash marosimida ham mukofot bilan taqdirlandi.

Toir Obidov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:39
 
81
0
xs.uz

Isroil hujumiga Eronning javob zarba berish rejasi tayyor — “The New York Times”

Eron Isroil tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda yahudiy davlatiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda javob zarbasi berish rejasini ishlab chiqqan.Bu haqda AQSHning 'The New York Times' gazetasi yuqori martabali Eron rasmiysiga tayanib xabar tarqatdi.'Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javob choralarini muhokama qilish uchun allaqachon uchrashishgan. Tehron Isroilga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumni oʻz

31 May 08:50
 
39
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

17 May 21:47
 
443
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

13 May 14:38
 
139
0
xs.uz

Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralaridan chiqadi. Agar…

Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni talab qilmoqda, boʻlmasa jarayondan chiqib ketishini aytgan.Uning maxsus vakili Stiv Uitkoffga koʻra, kelishuv boʻyicha muzokaralarning asosiy mavzulari Kiyevni hududlardan voz kechishga koʻndirish, Zaporojye atom elektr stansiyasidan foydalanish va Ukrainaning Dnepr hamda Qora dengizga kirishi haqida boʻladi. Uitkoff, shuningdek, prezident Vladimir Putinning roziligisiz Ukraina boʻyicha tinchl