calendar 05 Jun 12:23
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bayden Meksika orqali AQSHga o‘tgan noqonuniy muhojirlarga boshpana berishni taqiqladi

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSHning janubiy chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.


"Ushbu chora doimiy emas", deyiladi bayonotda.

Unga ko‘ra, cheklovlar muhojirlar oqimi AQSHning Meksika bilan chegarasida sig‘imdan oshib ketgan davrlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ayni paytda esa vaziyat aynan shunday.

Hujjatda, shuningdek, cheklovlar rasmiylarga “Qo‘shma Shtatlarda bo‘lish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan shaxslarni tezroq chiqarib yuborish” imkonini berishi ta’kidlangan. Shu bilan birga, taqiq hamrohsiz bolalar va “odam savdosi qurbonlari” uchun gumanitar istisnolarni nazarda tutadi.

Oq uy yangi cheklovlar AQSHning janubiy chegarasida Kongress darajasida nazorat choralarini kuchaytirish orqali erishiladigan natijalarga erisha olmasligini ta’kidladi. Bundan tashqari, ular mamlakatning "janubiy chegarasini yanada mustahkamlash" uchun mablag‘ ajratishni nazarda tutmaydi.

"Kongress hali ham chora ko‘rishi kerak", deyiladi Oq uy bayonotida.

May oyining oxirida AQSH janubiy chegarasida nazoratni kuchaytirish, chegarada qochqinlar soni ko‘paysa, Oq uyga muhojirlarga boshpana berish imkoniyatini cheklash uchun mablag‘ ajratadigan qonun loyihasi yana Kongress Senatida ovoz berishdan o‘ta olmagan. Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning ta’kidlashicha, bu qonun loyihasi chegaradagi nazorat choralarini kuchaytirmaydi, faqat immigratsiya qonunchiligi masalalarini hal qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:50
 
3
0
xs.uz

Shimoliy Koreya askarlari Ukraina chegarasiga yaqinlashdi

Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singxga koʻra, dushanba kuni Rossiya sharqiga mashgʻulotlar uchun yuborilgan Shimoliy Koreyaning 10 000 askaridan baʼzilari Ukraina chegarasiga yaqinlashgan. AQSH oʻtgan hafta ular sonini 3 mingtagacha baholagan edi.'Bu askarlarning bir qismi allaqachon Ukrainaga yaqinlashgan va biz Rossiya ulardan jangovar harakatlarda yoki Rossiyaning Ukraina bilan chegarasi yaqinidagi Kursk viloyatida Ukraina kuchlariga qarshi jangovar operatsiyalarda yordam berishidan xavo

29 Oct 20:50
 
4
0
xs.uz

41 milliondan ortiq amerikaliklar saylovda ovoz berib boʻldi

AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Nyu-Yorkdagi tadbirda Amerikani yana buyuk qilish shiorini eslatib, Kamala Harrisni qoraladi va migratsiyaga qarshi kurashishga yana vaʼda berdi.Tramp yakshanba kuni 'Madison Square Garden'dagi nutqi chogʻida muhojirlarga bir necha bor urgʻu berdi va agar saylansa, AQSH tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasini oʻtkazish haqidagi saylovoldi maqsadiga toʻxtalgan. '5-noyabr mamlakatimiz tarixidagi eng muhim sana bo

29 Oct 20:50
 
3
0
xs.uz

Rossiyaning Ukrainaga hujumlari faollashgan

Rossiya ' Ukraina urushiga 977 kun boʻldi. Rossiya Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovga bir kechada uyushtirgan bombardimonlaridan soʻng kamida toʻrt kishi halok boʻldi. Xarkov Rossiya chegarasidan 30 km uzoqlikda joylashgan va bir necha bor Moskva havo hujumlari nishoniga olingan.Avvalroq, Xarkovga qilingan hujumda olti kishi jarohatlangan va shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlgan, 1920-yillarda qurilgan Derjprom binosining katta qismi vayron qilingan edi.Ukr

09 Oct 12:40
 
23
0
xs.uz

Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi

Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga