calendar 05 Jun 11:02
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makron Netanyaxuni G‘azoda tinchlikka chaqirdi

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatda G‘azo sektorida tinchlik o‘rnatishga chaqirdi va Livan bilan chegarada vaziyat keskinlashuvidan ogohlantirdi. Bu haqda Fransiya rahbarining ma’muriyati ma’lum qildi.

“Fransiya Prezidenti Bosh vazir Netanyaxu bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida G‘azodagi janglarni to‘xtatishga chaqirdi va shu munosabat bilan u AQSHning inqirozni hal qilish rejasini qo‘llab-quvvatladi”, deyiladi xabarda.

Makron barcha mavjud kanallar yordamida gumanitar yordamni ommaviy va to‘siqsiz yetkazib berish zarurligini ta’kidladi. Bundan tashqari, u "mintaqadagi keskinlashuv xavfi ortib borayotganini" aytib, Livan bilan chegarada keskinlik kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi. Makron, shuningdek, Fransiyaning Isroil xavfsizligiga sodiqligini ta’kidlab, Parij ikki davlat yaratish tamoyiliga asoslangan tinchlik kelishuvi tarafdori ekanini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, Oq uy egasi Jo Bayden 31 may kuni G‘azo sektori atrofidagi taranglikni bartaraf etish bo‘yicha uch bosqichli rejani taqdim etdi. Unga ko‘ra, birinchi bosqich olti hafta davom etadi, u to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishni, Isroil qo‘shinlarini G‘azoning barcha aholi punktlaridan olib chiqib ketishni, bir qator garovga olinganlarni, jumladan, ayollar, qariyalar, yaradorlarni,  shuningdek, falastinlik yuzlab mahbuslarni ozod qilishni o‘z ichiga oladi..

Olti haftalik sulh davomida Isroil va HAMAS harakati kelishuvning ikkinchi bosqichiga o‘tish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni muhokama qilishi kutilmoqda. Bitimning ikkinchi bosqichi “barcha tirik qolgan garovga olinganlarni, shu jumladan erkak askarlarni ham ozod qilish”, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketish va “doimiy o‘t ochishni to‘xtatish”ni o‘z ichiga oladi. Kelishuvlarning uchinchi bosqichida G‘azo sektorini qayta tiklash ko‘zda tutilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
18
0
xs.uz

Rossiya aviabazasida portlash va Isroil—Livan mojarosi (+video)

Isroil Gʻazodagi urushdan maqsadi nima?Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning aytishicha, uning Gʻazodagi urush maqsadlari Livan chegarasi yaqinidagi hududlardan qochgan isroilliklarning oʻz uylariga qaytishiga imkon berishni oʻz ichiga oladi.Isroil qariyb bir yil oldin Gʻazoga qarshi urush boshlaganidan beri Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Livanning 'Hizbulloh' qurolli guruhi oʻrtasida deyarli har kuni chegaradan oʻt ochish holatlari kuzatilmoqda.Seshanba kuni Netanyahu idorasi b

10 Oct 17:10
 
23
0
xs.uz

AQSH va Fransiya kelishuv yoʻlini qidirmoqda – Livan

Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi payshanba kuni Isroilning Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan 'Hizbulloh' guruhiga qarshi yirik hujumini amalga oshirayotgan va janubdagi Livan tinch aholisini uylariga qaytmaslik haqida ogohlantirayotgan bir paytda Isroilning hujumi Livan janubida besh nafar favqulodda xizmat xodimini oʻldirgan.Livan muvaqqat bosh vaziri Najib Mikatining aytishicha, AQSH va Fransiya oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini tiklash maqsadida aloqalar olib borilmoqd

08 Sep 16:45
 
32
0
xs.uz

Norvegiyadagi muzliklarning erishi 3000 yillik poykanlarning topilishiga sabab boʻldi

Iqlim oʻzgarishi sababli muzlarning erishi koʻplab arxeologik topilmalarning topilishiga sabab boʻlmoqda. Norvegiyadagi olimlar oʻrganishlar mobaynida yaxshi saqlanib qolgan 3000 yillik kamon oʻqini topdi. Bu haqda 'New York Times' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Espen Finstad' tashkiloti tomonidan Yutunxeymen togʻlarida topilgan poykon hali ham kvartsit uchi va patlari bilan bogʻlangan. Ushbu kashfiyot butun dunyo boʻylab muzliklarning erishi natijasida topilgan minglab artefa

20 Sep 00:23
 
19
0
xs.uz

Rossiyaning muhim aviabazasida portlash sodir boʻldi. Bunda Ukrainaning qoʻli bormi?

Rossiyaning Saratov viloyatida joylashgan aviabazasida strategik bombardimonchi samolyotlar joylashgan joyda kuchli portlashlar sodir boʻldi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Moskvadan 800 kilometr uzoqlikda joylashgan 'Engels-2' aviabazasida Rossiyaning yadroviy va uzoq masofali raketalarni tashishga qodir 'Tu-95' va 'Tu-160' bombardimonchi samolyotlari joylashgan. Portlashlar bir kechada sodir boʻlgan, ammo portlashlar sabablari hali aniq emas.Bir qancha mahalliy