calendar 04 Jun 11:23
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Fayzullayev SSKAning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev SSKAning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlarida o‘zbekistonlik futbolchi 46 foiz ovoz to‘pladi. Bu borada Abbosbek 23 foiz ovoz yig‘gan Temurlan Musayev va 10 foizlik natijaga ega bo‘lgan Fyodr Chalovni ortda qoldirdi.

20 yoshli Fayzullayev bungacha bir necha marta klubida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Ortda qolgan mavsum futbolchi “armiyachilar” safida 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev Rossiya chempionatining ramziy jamoasiga kiritilgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 12:18
 
80
0
qalampir.uz

“Real” dunyoning eng qimmat futbol brendiga aylandi

Ispaniyaning “Real Madrid” futbol klubi Britaniyaning Brand Finance konsalting kompaniyasi talqiniga ko‘ra, eng qimmat futbol brendlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon futbol brendlari rasmiy sayti xabar berdi. 1,7 milliard yevroga baholangan Ispaniya klubi bu borada Angliyaning “Manchester Siti”sidan (1,6 milliard yevro) reytingda 1-o‘rinni tortib oldi. Eng qimmat brendlar uchligini Ispaniyaning “Barselona” klubi (1,5 milliard

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Messi MLS yulduzlari o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jarohati tufayli MLS yulduzlari o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda liga o‘z bayonotida ma’lum qildi. MLS va Meksika ligasining eng yaxshi futbolchilari o‘rtasidagi uchrashuv 26 iyul kuni Kolumbusda bo‘lib o‘tadi. Messi Kolumbiya terma jamoasi bilan Amerika kubogi final uchrashuvida oyog‘idan olgan jarohati tufayli jamoasining ikkita o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. O‘sha kuni Ro‘ziboyev Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 308 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi.  32 yoshli Faxretdinov MMA'da juda yaxshi statistikaga ega. U shu vaqtga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Oxirgi

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekistonlik futbolchilar turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi

Bugun, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari start oldi. “S” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi 1-turda Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi. Dastlabki daqiqalardanoq Temur Kapadze shogirdlari ustunlikni o‘z qo‘liga olgan bo‘lsa ham, birinchi bo‘lib uchrashuvda hisobni ispanlar ochishga muvaffaq bo‘ldi.  29-daqiqada standart vaziyatdan uzatib berilgan to‘pni, “qizil furiya&