calendar 26 Jul 10:19
eye 38
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Messi MLS yulduzlari o‘yinini o‘tkazib yuboradi

image

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jarohati tufayli MLS yulduzlari o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda liga o‘z bayonotida ma’lum qildi.

MLS va Meksika ligasining eng yaxshi futbolchilari o‘rtasidagi uchrashuv 26 iyul kuni Kolumbusda bo‘lib o‘tadi. Messi Kolumbiya terma jamoasi bilan Amerika kubogi final uchrashuvida oyog‘idan olgan jarohati tufayli jamoasining ikkita o‘yinini o‘tkazib yuboradi. “Inter Mayami”ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares ham yulduzlar o‘yinida maydonga tusha olmaydi.

Messi 37 yoshda va 2023 yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da o‘ynamoqda. 2003 yildan 2021 yilgacha hujumchi “Barselona”da o‘ynagan. Kataloniya klubida u 10 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, 7 marta Ispaniya Superkubogi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan, 4 marta Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan. “Barselona”dan keyin Messi PSJda o‘ynadi. Parijda Leo ikki karra Fransiya chempioni bo‘ldi va bir marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Argentina terma jamoasi bilan forvard 2022 yilgi Jahon chempionati va 2021 hamda 2024 yildagi Amerika kubogida g‘olib bo‘ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

19 Jul 11:44
 
70
0
qalampir.uz

Mbappe La Liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘lolmadi

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya La Ligasining 2024/2025 yilgi mavsumida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. Bu haqda “Kapology ” moliyaviy portali xabar berdi. Niderlandiyalik futbolchining soliqlardan tashqari maoshi yiliga 37,5 million yevroni tashkil qiladi. 2-o‘rinda Kataloniya jamoasining polshalik hujumchisi Robert Levandovski egalladi. Uning maoshi yiliga 33,3 million yevro qilib belgilangan. 3-o‘rinni &

08 Sep 16:45
 
26
0
xs.uz

Roʻza Qoʻziyeva Paralimpiyada kumush medaliga ega chiqdi

Fransiyaning Parij shahrida oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining para pauerlifting bahslarida -73 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Roʻza Qoʻziyeva 147 kg tosh koʻtardi va kumush medalga sazovor boʻldi. Musobaqa oltin medali esa braziliyalik Mariana DʻAndreaga (148 kg) nasib qildi.Aytish joiz, Roʻza bahslar davomida ikki marotaba Paralimpiya oʻyinlari rekordini yangilashga ham ulgurdi. U bunga qadar Tokioda boʻlib oʻtgan XVI Paralimpiya oʻyinlarida ham kumush med

26 Jul 20:17
 
151
0
xs.uz

27-iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan oʻzbekistonlik sportchilar maʼlum (roʻyxat)

Ushbu bahslar telekanallarda soat 13:00 dan keyin efirga uzatila boshlaydi. Bu vaqtda Doston Roʻziyev va Halimajon Qurbonova dzyudo boʻyicha tatamiga chiqishadi.13:15 dan boshlab Anna Prakaten ishtirokidagi akademik eshkak eshish boʻyicha musobaqalar boshlanadi. Anastasiya Zelinskaya esa 14:12 da suzish bahslarida kurashga qoʻshilishi, ayni shu sport turida qatnashayotgan yurtdoshimiz Ilya Sibirsev esa 14:45 da bahslarga kirishishi maʼlum boʻlgan.Velosport sport turi boʻyicha 17:30 dan bo