calendar 03 Jun 17:47
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bitkoin va notkoin kabi kriptovalyutalar bilan savdo qilish shar’an joiz emas – Fatvo markazi

image

Bitkoin, notkoin va boshqa shu kabi kriptavalyutalarda savdo-sotiq qilish Islom dinida shar’an joiz hisoblanmaydi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ma’lum qildi.

"Kriptovalyuta – bu tranzaksiyalarni himoya qilish va yangi birliklarni yaratishni nazorat qilish uchun kriptografiyadan foydalanadigan raqamli yoki virtual valyuta. Kriptovalyutalar bank yoki hukumat kabi markaziy hokimiyat tomonidan tartibga solinmaydi, aksincha ular markazlashtirilmagan, ya’ni ular kompyuterlar tarmog‘i tomonidan boshqariladi.

Shariatimizga ko‘ra kriptovalyutalarni o‘zaro ayirboshlash va ular bilan savdo-sotiq qilish joiz emas. Chunki ushbu kriptovalyutalarda shariatimiz tomonidan pulga qo‘yilgan talablar topilmaydi. Qolaversa, ularni biror davlat ishlab chiqarmagani yoki rasman tan olmagani, ularning narxini keskin o‘zgaruvchanligi hamda unda qimor alomatlari borligi uning harom ekaniga asos bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Islom dini qoidalariga ko‘ra, tilla va kumush asl puldir. Qolgan ko‘rinishdagi pullar ularning o‘rinbosarlaridir. Ular turli ko‘rinishda, jumladan, elektron bo‘lishi ham mumkin. Lekin ular pul deb hisoblanishi uchun bir qancha shartlarga javob berishi kerak.

Ta’kidlanishicha, “Raqamli pullar” yoki “virtual pullar” deyilayotgan, naqd ko‘rinishda mavjud bo‘lmagan kriptovalyutalar pulning quyidagi talablariga javob bera olmaydi va ba’zi xatarlarga ega:

1. Kriptovalyutalarda pul bo‘lish talablari topilmaydi;

Pul – tilla va kumush yoki ularning o‘rnini bosuvchi, ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan, hukumat tarafidan tan olingan va kafolatlangan hamda insonlar orasida o‘zaro ayirboshlash vositasi sifatida muomalaga kiritilgan narsa (valyuta)dir ("Al-Mavsuatul fiqhiyya al-Kuvaytiyya" kitobi).

Demak, shariatga ko‘ra, o‘zaro ayirboshlanayotgan narsalar mol yoki pul bo‘lishlari shart bo‘lib, kriptovalyutalarda mol yoki pulda topilishi lozim bo‘lgan yuqoridagi shartlar mavjud emas. Shuning uchun ularni sotish yoki sotib olish joiz emas.

2. Pul chiqarish davlatning haqqidir;

Hozirda mashhur bo‘lgan kriptovalyutalarning birortasini ham rasman davlatlar chiqarmagan. Aksarining egalari noma’lum, nari borsa bir-ikki shaxsdir. Islom dini qoidalariga ko‘ra, pulni davlat ishlab chiqaradi. Uni har kim ishlab chiqarishga haqqi yo‘q. Mashhur olim Ibn Xaldun o‘zining “Muqaddima”sida shunday deydi:

“Pul zarb qilish podshohning zaruriy vazifasidir. Chunki odamlarning o‘zaro muomalasida shu bilangina haqiqiy pul soxtasidan ajralib turadi” (261-bet).

3. Pulni hamma qabul qilgan, uni ishlatishga hammaning imkoniyati bo‘lishi kerak;

Kriptovalyutalar ma’lum bir tizimga ulangan kishilargina ishlata oladi va hozirda hamma uni muomala uchun qabul qilmaydi. Shu jihatdan u hali to‘liq pulga aylanmagan. Savdo-sotiqda mahsulot (tovar) uchun to‘lanadigan narsa pul yoki tovar bo‘lishi lozim. Pullikka yaramaydigan narsa bilan to‘lov qilinsa, bu savdo durust bo‘lmaydi va bekor bo‘ladi. Undan olingan foyda ham halol ekani shubha ostida qoladi. 

4. Ularning natijasi noma’lumligi;

Kriptovalyutalarning kelajagi mavhum. Unga hech kim kafolat bermaydi, ortida turmaydi. Erta-indin yo‘qolib ketadimi yoki barqaror valyutaga aylanadimi, noma’lum. Kriptovalyutalar doimiy rezerv bilan ta’minlanmagan va bu ularning qiymati kutilmagan paytda yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Bunday valyutalar bilan savdo-sotiq qilish molni xatarga qo‘yishdir. Islom dini molni bekorga zoye qilish va xatarga qo‘yishdan qaytargan.

5. Qiymatining keskin tushib-ko‘tarilib turishi;

Kriptovalyutalarning narxlari keskin ko‘tarilib-tushib turishi va ko‘pchilik faqat shu o‘rtadagi farqdan foyda ko‘rishga intilishi unda qimor alomatlari borligini ko‘rsatadi. Ya’ni, aksar odamlar o‘ziga kerak biror mahsulot sotib olishni emas, balki narxning ko‘tarilib-tushishiga pul tikishni maqsad qiladi. Bu esa savdoning asosiy g‘oyasiga ziddir. Islom dini musulmonlarni qimor va unga o‘xshash faoliyatlardan man qilgan. Shar’iy qoidaga ko‘ra, “Haromga olib boruvchi vosita ham haromdir” (“Badoius sanoi’” kitobi).

6. Kriptovalyutalar savdosida firibgarlik ehtimoli kattaligi;

Bitkoin va boshqa kriptovalyutalar hamyoni egasi kim ekanligini bilib bo‘lmasligi sababli noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka yo‘l ochiladi. Kriptovalyuta o‘tkazmalari banksiz amalga oshirilishi ham uning xavfini oshiradi va o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarib olib bo‘lmaydi.

Bugungi kunda xalqaro fatvo uyushmalari va fiqh akademiyalari kriptovalyutalar masalasini chuqur o‘rganib, ular bilan savdo qilish joiz emas, degan fatvo bergan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Feb 00:20
 
31
0
xs.uz

Tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalar uchun BHMning 150 baravarigacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Oʻzbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Prezident farmoniga koʻra, 2025-yil 1-apreldan boshlab ijtimoiy yordamlar va moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimi qayta koʻrib chiqiladi. Yangi tartiblar asosida kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar va ehtiyojmand shaxslarga manzilli yordam taqdim etilishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy xizmatlarni raqamlashtirish orqali yordam berish jarayonini yanada shaffoflashtirishga alohida eʼtibor q

26 Feb 17:05
 
19
0
xs.uz

Botir Qudratxoʻjayev Favqulodda vaziyatlar vaziri boʻldi

Maʼlum qilinishicha, Botir Qudratxoʻjayev mazkur tayinlov munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari ' Harbiy prokurori lavozimidan ozod etilgan.Bundan ilgariroq B.Qudratxoʻjayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

27 Jan 00:53
 
64
0
xs.uz

Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1018-son, 13.01.2025-y.) bilan 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi Qonunga qator muhim qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritildi. Ushbu oʻzgartirishlar tadbirkorlik subyektlari va yuridik shaxslar uchun yangi yengilliklarni nazarda tutgan.Maʼlum qilinishicha, maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa

19 Feb 00:20
 
26
0
xs.uz

“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqand shahridagi Yoshlar markazida 'Besh tashabbus olimpiadasi' musobaqalarining 2025-yilgi mavsumi ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.Ushbu marosimda viloyat hokimi oʻrinbosari H. Toʻxtayev, viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Sh. Roʻziyev, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi S. Boboyev hamda hamkor tashkilotlar vakillari, sport, taʼlim muassasalari mutaxassislari, murabbiylar, yoshlar va sportchilar ishtirok etish