Tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalar uchun BHMning 150 baravarigacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Yangi islohotlar doirasida 'Ijtimoiy daftarlar' jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan yordamlar kengaytirildi. Endi uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq ijtimoiy yordamlar oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki baravaridan oshmaydigan oilalarga ham berildi. Bundan tashqari, 'Ayollar daftari' va 'Yoshlar daftari' jamgʻarmalaridan ajratiladigan mablagʻlarni madaniy-maʼrifiy, sport va taʼlim tadbirlarini tashkil etishga yoʻnaltirishga ruxsat etildi.
Ijtimoiy yordamlarni taqdim etish jarayonini soddalashtirish maqsadida, kambagʻal oilalar reyestridagi shaxslar uchun qoʻshimcha ariza berish talabi bekor qilindi. Endi barcha murojaatlar 'Yagona milliy ijtimoiy himoya' axborot tizimi orqali koʻrib chiqiladi. Oilaning moliyaviy holati esa idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholanadi.
Shuningdek, 2025-yil 1-apreldan boshlab kambagʻal oilalar uchun bir qator subsidiya va moddiy yordamlar joriy qilinadi. Ijtimoiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida BHMning 60 baravarigacha grantlar ajratiladi. Nogironligi boʻlgan yoshlar uchun parasport toʻgaraklariga qatnashi uchun yoʻl haqi xarajatlari qoplab beriladi. Shuningdek, 6 oy davomida muntazam ravishda sport yoki sanʼat toʻgaraklariga qatnagan yoshlar maxsus sport kiyimlari, musiqa yoki cholgʻu asboblari bilan taʼminlanadi.
Tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalar uchun ham qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrilmoqda. Uy-joylarini tiklash va taʼmirlash uchun 'Saxovat va koʻmak' jamgʻarmasi orqali BHMning 150 baravarigacha mablagʻ ajratilishi belgilangan. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatlarida suv taʼminotini yaxshilash maqsadida artezian quduq qazish, suv nasoslari va ichimlik suv filtrlarini xarid qilish uchun subsidiya taqdim etiladi. Bunda xarajatlarning 90 foizi davlat tomonidan qoplanadi.
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga ham bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi. 2025-yil 1-maydan boshlab bunday shaxslarga BHMning 6 baravari miqdorida nafaqa toʻlanadi. Shuningdek, hududiy hokimliklar huzurida 'Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik' jamgʻarmalari tashkil etilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga yanada kengroq koʻmak berishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish doirasida tibbiy xizmatlar ham yangi formatda moliyalashtiriladi. 2025-yil 1-maydan boshlab davolash va jarrohlik xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali qoplanishi belgilangan. Bu oʻzgarishlar aholining ehtiyojmand qatlamlariga tibbiy yordamni samarali va tezkor taqdim etishga yoʻnaltirilgan.
Ushbu islohotlar aholining ijtimoiy himoyasida shaffoflik va adolatni taʼminlashga qaratilgan. Barcha yordamlar avtomatlashtirilgan tartibda taqdim etilishi, resurslar manzilli yoʻnaltirilishi va kam taʼminlangan oilalarning turmush sharoitini yaxshilash maqsad qilingan. Yangi chora-tadbirlar natijasida ijtimoiy himoyaning yanada samarali va keng qamrovli boʻlishi kutilmoqda.
“Ustimdan asossiz ariza berilgan”. Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tuman IIBda asossiz ushlab turilganini aytmoqda
Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgani, ish uchun ahamiyati boʻlmasa-da mobil telefoni olib qoʻyilganini bildirib, Telegram kanalida murojaat'eʼlon qildi.Uning maʼlum qilishicha, kecha, 19-aprel kuni maslahatlashish 'bahonasida' Yangiyoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgan va u yerda bir necha soat ushlab turilgan.'Yashash joyim ham, propiskam ham Yangiyoʻlda emas. Biroq nega Yangiyoʻl IIB bu ish bilan shugʻullanayo
“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi
Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.'Planet 9' kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi 'Vaqt devori' loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.Markaz ekspozitsiyasi Qur'on zali, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, 'Yangi O'zbekiston ' Yangi Renessans' kabi zallarni o'z ichiga oladi. Har bir zal bo'ylab o'tadig
Prezident Buloqboshida mahalliy mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirdi
Mamlakatimizda xomashyoni qayta ishlab, qo'shilgan qiymat yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur korxona ham mato to'qish, bo'yash va tayyor trikotaj ishlab chiqarish yo'nalishidagi yirik loyihalardan biri.Bu yerda yiliga 4 million 200 dona, 50 turdagi mahsulotlar tayyorlanadi.''Mingga yaqin fuqaro ish bilan ta'minlangan.''Xodimlar malakasini oshirish ham e'tiborda. Buning uchun dizaynerlik markazi tashkil etilgan.Turkiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan ilg'or uskunalar ish unumdorl
Qashqadaryoda qoʻlbola aroq ishlab chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi
Qashqadaryoda fuqaro oʻz xonadonida yashirin sex tashkil etib, isteʼmolga yaroqsiz qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqaro I.X.ning Shahrisabz tumani, 'Istiqbol' MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda isteʼmol