calendar 01 Jun 12:52
eye 80
comments 0
comments Manba: postda.uz

BARCHASI ELEKTRON TARZDA

image

– Joriy yil boshidan buyon 45000 dan ortiq transport vositalarini ro‘yxatlash, qay­ta ro‘yxatlash hamda qayta jihozlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatildi, – deydi bo‘linma boshlig‘i, leytenant Sardor Sidiqov. – Bo‘linmada xizmat ko‘rsatish maxsus moslamalar yordamida avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi. Xususan, davlat raqam belgilari avtomatik ravishda navbat bilan beriladi. Ma’lumotlar planshet moslamasiga kiritilib, elektron tarzda shakllantiriladi. Shuningdek, nogironligi bor, imkoniyati cheklangan murojaatchilar navbatsiz qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. 

O‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib, har bir hujjatni sinchiklab o‘rganayotgan, avtomashinalar texnik ko‘rigiga jiddiy e’tibor bergan holda, xizmat olib borayotgan xodimlarimizdan katta inspektor, katta serjant Sarvar O‘roqov, inspektorlar – serjantlar Sharifjon Xayrullayev, Oybek Ahmadov hamda kichik serjant Nodir Tillayev nomlarini alohida qayd etib o‘tish joiz.

Bo‘linmaga avtomashina hujjatlari hamda davlat raqam belgilarining tushib qolishi yoki yaroqsiz holga kelib qolishi yuzasidan ham murojaatlar bo‘lib turadi. Shunday paytlarda fuqarolarga ehtiyot bo‘lishlari, loqaydlik va e’tiborsizlik salbiy oqibatlarga olib kelishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, YPX inspektorlari tomonidan poytaxtimizdagi YPX maskanlarida va boshqa joylarda transport vositasilarining davlat raqamlari qoidalarda ko‘rsatilganidek qotirilmagan bo‘lsa, maxsus moslamalar yordamida qotirish ishlari ham olib boriladiki, bu turli noxush holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, davlat ro‘yxatlash raqam belgilari ko‘rinmaydigan, qalbakilash­tirilgan, o‘zgartirilgan bo‘lsa, transport vositalaridan foydalanish taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan. Qonunchilikka binoan, davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni ang­lashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish holatlari aniqlansa, bu qurilmalar musodara qilinib, fuqarolarga jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.

Shunday ekan, transport vositangiz, uning hujjatlari va jihozlariga jiddiy e’tibor qaratib, ularni ehtiyot qiling. Shundagina xotirjam va xavfsiz bo‘lasiz.

Sarvar SOBIROV,

o‘z muxbirimiz.

Toshkent shahri.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
19
0
xs.uz

Yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi

Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025 ' 2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimizda soʻnggi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani, xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qoʻshimcha quvvat yaratilganligi, natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, 'yashil' energiya hissasi esa 16 foizga yetganligi qayd etildi.Ayt

31 Jan 15:21
 
17
0
xs.uz

Dollar, yevro va rublning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 31-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,33 soʻmga pasayib, 12 957,01 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 6,60 soʻmga pastlab, 13 485,66 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,19 soʻmga tushdi va 132,13 soʻmni tashkil qildi.

31 Jan 15:21
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 28-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 5,78 soʻmga pasayib, 12 963,27 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 13,85 soʻmga pastlab, 13 597,17 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,55 soʻmga koʻtarildi va 132,74 soʻmni tashkil qildi.

31 Jan 15:21
 
19
0
xs.uz

Qariyb 10 million yoʻlovchi temir yoʻl transportidan foydalangan

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming yoʻlovchiga koʻpaygan. Shu tariqa, oʻsish surati 101,8 foizni tashkil qildi.Qayd etish joizki, temiryoʻl transportidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni soʻnggi 4-yilda muntazam oshib borganligini koʻrish mumkin.Jumladan, 2020-yilda 6 million 155,3 ming, 2021-yilda 7 million 949,4 ming, 2022-yilda 9 million, 2023-yilda 9 million 626,5 ming nafar yoʻlovchi manziliga yetib olish maqsadida temir y