calendar 31 May 12:42
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bayden Kiyevga Rossiyadagi nishonlarga AQSH qurollari bilan zarba berishga yashirincha ruxsat berdi

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Kiyevga Rossiya hududini o‘qqa tutish uchun Amerika qurollaridan foydalanishga yashirin ruxsat berdi. Bu haqda ma’muriyat vakillariga tayanib, "Politico" xabar berdi.

"Prezident Bayden o‘z maslahatchilari va asosiy ittifoqchilarining bosimi ostida Ukrainaga AQSHda ishlab chiqarilgan qurollardan foydalangan holda Rossiya ichida cheklangan zarbalar berishga ruxsat berdi va bu Ukraina uchun urushda yangi sahifa bo‘lishi mumkin", deydi AQSH ma’muriyati rasmiylaridan biri.

Bu qaror Kiyevga Rossiya hududiga zarba berish uchun Amerika qurollaridan foydalanishga ruxsat berishdan qat’iy bosh tortgan Bayden siyosatidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatdi.

“Prezident yaqinda o‘z jamoasiga Ukrainaga Xarkov viloyatidagi hujumlarga qarshi turish uchun Amerika qurollaridan foydalanish imkonini berishni buyurdi, toki Ukraina ularga hujum qilayotgan yoki hujum qilishga tayyorlanayotgan Rossiya kuchlariga javob qaytara olsin”, deydi yana bir manba.

AQSH rasmiylarining aytishicha, siyosat o‘zgarishi 30 maydan kuchga kirgan. Biroq bu faqat Xarkovga chegaradosh Rossiya hududlariga AQSH qurollari bilan zarba berish mumkinligini anglatadi.

"Rossiyada ATACAMS tizimlaridan foydalanishni yoki uzoq masofali zarbalarni taqiqlash bo‘yicha siyosatimiz o‘zgarmadi", deydi manba Ukrainaga berilgan va Rossiya hududiga chuqur kirib borishga qodir bo‘lgan artilleriya tizimiga ishora qilib.

Qayd etish joizki, NATO ittifoqchilari Qo‘shma Shtatlarni Ukrainaga Moskvaning shu oy Xarkovga boshlagan hujumida ishtirok etgan Rossiya ichidagi raketa ob’ektlari va boshqa harbiy ob’ektlarga zarba berish uchun G‘arb qurollaridan foydalanishga ruxsat berishga chaqirayotgan edi.

Baydenning qarori haqidagi mish-mishlar Pentagon AQSHning Rossiyada Amerika qurollaridan foydalanishga qarshi siyosati o‘zgarishsiz qolganini aytganidan ko‘p o‘tmay paydo bo‘ldi.

“Ukrainaga ko‘rsatayotgan xavfsizlik yordamimiz Ukraina ichida qo‘llanilishi kerak. Va biz hujumlarni rag‘batlantirmaymiz yoki Rossiyaga zarba berishga ruxsat bermaymiz ", degan edi Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
22
0
xs.uz

Germaniya Isroilning Gʻarbiy Sohildagi harakatlari oʻzining “boshiga yetishi” mumkinligidan ogohlantirdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Isroilni Gʻarbiy Sohilga harbiy hujum uyushtirmaslikka chaqirdi. Berbok isroillik hamkasbi bilan uchrashgach, bunday harakatlar Isroil xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bu haqda 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, nemis siyosatchisi baʼzi Isroil vazirlarining Falastin maʼmuriyatini agʻdarish va Gʻarbiy Sohilda aholi punktlarini egallashga boʻlgan chaqiriqlaridan xavotir bildirdi. Berbok, shuningdek

09 Oct 12:36
 
16
0
postda.uz

БИЛИБ ҚЎЙГАН ЯХШИ

Кофеин аслида энергия бермайди. Бу шунчаки миянгиздаги аденозин, яъни чарчаганингизда буни сизга хабар берадиган рецепторларни вақтинчалик блоклайди холос...***Тошбақаларнинг танаси ва ички органлари қаримайди. Шунинг учун тошбақалар камдан-кам ҳолларда қариликдан ўлад

10 Oct 16:41
 
17
0
xs.uz

NATO yadroviy qurollar mashqlarini boshlaydi

Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) 14-oktyabr kuni 'Steadfast Noon' yillik yadroviy qurollar mashqlarini boshlaydi. Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashish uchun Londonga kelganida jurnalistlarga maʼlum qildi.'Dushanba kunidan boshlab NATO 'Steadfast Noon' manevrlarini boshlaydi', dedi u.Ushbu mashqlar har yili NATOning yadroviy va yadroviy boʻlmagan davlatlarining oʻnlab samolyotlari ishtirokida oʻtkaziladi va taktik yadro zarbalarini si

09 Oct 12:40
 
13
0
xs.uz

KXDR Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha yoʻllarni yopib qoʻydi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi 9-oktyabrdan boshlab oʻz hududini 'asosiy dushman' davlat Janubiy Koreya bilan bogʻlovchi barcha avtomobil va temir yoʻllarni toʻsib qoʻyish va toʻxtatib turish ishlarini olib borishini, shuningdek, mudofaa tuzilmalarini mustahkamlashini maʼlum qildi.Markaziy telegraf agentligida eʼlon qilingan Bosh shtab bayonotida aytilishicha, Koreya yarim orolidagi dushman kuchlarning qarama-qarshilik isteriyasi tobora kuchay