calendar 30 May 19:02
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda fuqaroning yonidan qariyb 5 mlrd so‘mlik “qora dori” topildi

image

Toshkent viloyatida “qora dori” oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Bildirilishicha, “Qora dori 2024” tezkor profilaktik oyligi doirasida Toshkent viloyati IIBB va Bo‘stonliq tumani IIB tezkor xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda ko‘p miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatish maqsadida olib ketayotgan shaxs ushlangan.

33 yoshli fuqaro M.I. tekshiruvdan o‘tkazilganda uning yonida bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismi (reduktor) ichiga joylashtirilgan 12 ta o‘ramdagi 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, giyohvandlik vositasining qora bozordagi taxminiy narxi 4 mlrd 800 million so‘mga teng.

Shuningdek, uning yashash xonadoni ham tekshirilgan. U yerda sintetik vositalarni kichik miqdorga ajratib, qadoqlash va tarqatish uchun kerakli vositalar borligi ma’lum bo‘lgan.

Surishtiruvga ko‘ra, unga ushbu sintetik giyohvandlik vositalari Qirg‘iziston Respublikasidan vodiy viloyatlari orqali yetkazib berilgan. Hozirda ushbu sintetik giyohvandlik vositalarining manbasini aniqlash bo‘yicha tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

“Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistondan O‘zbekistonga giyohvand moddalar olib o‘tayotgan “Yovvoyi” laqabli shaxs qo‘lga olingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
2
0
xs.uz

Saylov jarayonlari davom etmoqda

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 582-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2849 ta. Shundan 21 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 41 nafar birinchi marta ovoz beruvchi yoshlar ishtirok etadi.Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'

29 Oct 20:48
 
3
0
xs.uz

Andijonda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Qish fasli yaqinlashgani sari aholini elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq tashvishlari ortadi. Shu bois 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJning Andijon hududiy filiali tomonidan 71 ta MFYda sohaga oid muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi 'Bogʻi eram' MFYda 100 dan ortiq aholi xonadonlarida taʼminot sifati yaxshilandi.' Har yili kuz-qish mavsumida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilardi, ' deydi ushbu m

10 Oct 11:01
 
22
0
xs.uz

Surxondaryoda kuzgi daraxt ekish mavsumi boshlandi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.''Yashil makon' umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumda Surxondaryo viloyatida 6 million 3 ming tup mevali va manzarali koʻchatlar ekilishi rejalashtirilgan.Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov M39 xalqaro avtomagistral yoʻlining Termiz va Angor tumanlari tutashgan hududida ilk daraxt koʻchatini ekib berdi. Mavsumni sifatli oʻtkazish, hududlarning tuproq va iqlim sharoitlariga mos daraxt va buta koʻchatlari ekish, har

29 Oct 20:49
 
3
0
xs.uz

Oʻzbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi?

Mehnat huquqlariga rioya etilishini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladiDavlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar'oʻtkaziladi.Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish dasturi boshlanadi'Kambagʻallikdan farovonl