calendar 30 May 18:18
eye 28
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina Rossiyaning Qrimdagi ikkita harbiy kateriga hujum qildi (video)

image

Bugun, 30 mayga o‘tar kechasi Ukraina anneksiya qilingan Qrimda Rossiyaning ikkita harbiy katerini "Magura V5" harbiy-dengiz droni yordamida hujum qildi. Ukraina Bosh razvedkasi boshqarmasi maxsus operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ko‘rsatilgan videoni e’lon qildi.

"Ukrainskaya pravda"ning Bosh razvedka boshqarmasidagi manbasiga ko‘ra, hujum Yevpatoriya tumanining Chernomorskoye qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan.

“Dushman bunga qarshi turish uchun aviatsiya, o‘q otish qurollari va artilleriyadan faol foydalandi, ammo ularning bu harakatlari hech qanday natija bermadi”, deydi manba.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham anneksiya qilingan Qrim bir kechada raketalar va dronlar tomonidan hujumga uchraganini ma’lum qildi. 

“Havo hujumidan mudofaa tizimlari Azov dengizi uzra sakkizta ATACAMS raketasini yo‘q qildi va Qrim yarim oroli sohillari yaqinida Qora dengiz uzra sakkizta uchuvchisiz samolyotni tutib oldi”, deya xabar berdi vazirlik. 

Bundan tashqari, Qora dengizda ikkita suv usti droni yo‘q qilingani aytilmoqda.

“Kerchda transport infratuzilmasiga qilingan hujumni qaytarish chog‘ida urib tushirilgan raketalar qoldiqlaridan ikkita parom - avtomobil va temir yo‘l zarar ko‘rdi”, deydi Qrimga Rossiya tomonidan tayinlangan transport “vaziri” Nikolay Lukashenko. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.

"Astra" Telegram-kanali esa Kerch aholisi tunda shaharda 20 ga yaqin portlash ovozini eshitganini yozdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujum chog‘ida Qrim ko‘prigida harakat taxminan bir soatga to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya hududiga hujum qilish uchun bir necha bor G‘arb davlatlari yetkazib bergan qurollardan foydalangani xabar qilingandi.

Toir Obidov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 17:42
 
62
0
xs.uz

Braziliyada politsiyachi darvozabonga qarata oʻq uzdi. Jarohatlangan futbolchi shifoxonaga yotqizilgan

Braziliyada oʻsmirlar oʻrtasidagi futbol oʻyinida politsiya xodimi 'Gremio Anapolis' klubi darvozaboni Ramon Souzaga qarata rezina oʻq uzdi. Hodisa 'Gremio Anapolis' va 'Sentro Oeste' jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvdan soʻng sodir yuz bergan. Bahsda mehmonlar 1:2 hisobida gʻalaba qozongan edi.Braziliyaning 'Globo' gazetasining yozishicha, hukumat rasmiylari ushbu holatga norozilik bildirib, tergov boshlanganini bildirib oʻtishgan. Tarqalgan videoda oʻq tekkan Souza oqsoqlanib ketayotgan

16 Jul 19:52
 
91
0
qalampir.uz

Yevroparlament Orbanni ovoz berish huquqidan mahrum qilmoqchi

Yevroparlamentning 63 nafar a’zosi Vengriya Bosh vazir Viktor Orbanning Rossiya va Xitoyga safari ortidan YeIdagi ovoz berish huquqidan mahrum qilishni talab qildi. Bu haqda “Politico” xabar berdi. Bildirilishicha, Yevroparlament a’zolari Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen, Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel va Yevropa Parlamenti rahbari Roberta Metsolaga murojaat qilib, Orban Kengash raisi rolidan foydalanib va suiiste’mol qilib, katta zarar yetkazganini t

15 Jul 12:03
 
83
0
xs.uz

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi.Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida yuz bergan. Tramp qulogʻidan yaralangan va xavfsizlik xizmati xodimlari qurshovida voqea joyini tark etgan.AQSH prezidentligiga nomzodning matbuot kotibi Stiven Chunning maʼlum qilishicha, siyosatchi Pensilvaniya shtatidagi kasalxonada tibbiy koʻrikdan oʻtgan. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, Tramp oʻng qulogʻidan yaralangan va koʻp qon yoʻqotgan.'BNO News' portal

19 Jul 17:35
 
60
0
qalampir.uz

Netanyaxu Rafahga bordi (video)

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga bordi. Bu haqda Bosh vazir maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi. Netanyaxu Isroil armiyasining 162-diviziyasi joylashgan hududga tashrif buyurdi, harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi va Isroilning Filadelfiya koridori deb ataladigan hududni - G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegaradagi hududni va Rafah nazorat-o‘tkazish punktini nazorat qilishi anklavdagi operatsiyani “davomi uchun glob