calendar 11 Jul 17:42
eye 63
comments 0
comments Manba: xs.uz

Braziliyada politsiyachi darvozabonga qarata oʻq uzdi. Jarohatlangan futbolchi shifoxonaga yotqizilgan

image
Braziliyada oʻsmirlar oʻrtasidagi futbol oʻyinida politsiya xodimi 'Gremio Anapolis' klubi darvozaboni Ramon Souzaga qarata rezina oʻq uzdi. Hodisa 'Gremio Anapolis' va 'Sentro Oeste' jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvdan soʻng sodir yuz bergan. Bahsda mehmonlar 1:2 hisobida gʻalaba qozongan edi.

Braziliyaning 'Globo' gazetasining yozishicha, hukumat rasmiylari ushbu holatga norozilik bildirib, tergov boshlanganini bildirib oʻtishgan. Tarqalgan videoda oʻq tekkan Souza oqsoqlanib ketayotganini koʻrishgan. Uning klubi 'Gremio Anapolis' voqeani 'aql bovar qilmaydigan va jinoyat', deb baholadi.

Shifokorlar darvozabonga maydondayoq birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan. Keyin u kasalxonaga olib ketilgan. Goyas shtati politsiyasi, oʻz navbatida, voqea boʻyicha zudlik bilan tergov boshlanganini eʼlon qildi.

Hozircha futbolchiga nima sababdan oʻq uzilgani nomaʼlum. Aytilishicha, uchrashuvdan soʻng futbolchilar janjalini tarqatish uchun politsiya aralashuvi talab etilgan.

Avvalroq, 'Copa America' finalida kimlar oʻynashi maʼlum boʻlgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 10:14
 
52
0
qalampir.uz

Xitoyda savdo markazidagi yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi (video)

Kecha, 17 iyul kuni Xitoyning Szigun shahridagi savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi. Sichuan provinsiyasi hududida joylashgan 14 qavatli binodagi yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida boshlangan. Yong‘in birinchi qavatda sodir bo‘lgan. Taxminan to‘rt soatdan so‘ng, qutqaruvchilar savdo markazidan yong‘in tufayli qamalib qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘

17 Jul 13:54
 
66
0
qalampir.uz

AQSH Eronning Trampni o‘ldirish rejalari haqida ma’lumot olgan – CNN

AQSH hukumati so‘nggi haftalarda Eron tomonidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirgani haqida razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan. Bu haqda kecha, 16 iyul kuni manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. CNN suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH Maxfiy xizmati Tramp kampaniyasini tahdid kuchayganligi haqida Tramp Pensilvaniyadagi mitingda otishmada yaralangan 13 iyuldan oldin xabardor qilgan. “Shu bilan birga, Trampni otgan Tomas Metyu Kruksning Eron fitnasiga qand

11 Jul 15:12
 
75
0
xs.uz

Zelenskiy Baydendan Rossiyaga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni olib tashlashni talab qilmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Baydenni Rossiya hududiga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda 'Neue Zhtml5-dom-document-internal-entity1-uuml-endrcher Zeitung' nashri yozmoqda.Nashrga koʻra, u Baydendan Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga Gʻarb qurollari bilan hujum qilish uchun barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qilgan.Maqolada Zelenskiy Ukraina bu qadamni kutayotgani qoʻshimcha qilingan. Izohlanishicha, Rossiya hud

11 Jul 15:12
 
44
0
xs.uz

Ukraina Rossiya hududlariga zarba berish uchun cheklovlar olib tashlanishini istayapti

AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Italiya va Ruminiya NATO sammitida Ukrainaga yana beshta strategik havo mudofaa tizimini yetkazib berishini eʼlon qildi.Oq uyga koʻra, toʻrtta 'Patriot' akkumulyatori va ular uchun butlovchi qismlar, shuningdek, SAMP-T tizimi Kiyevga oʻtkaziladi.Bundan tashqari, yaqin kelajakda AQSH va ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun oʻnlab taktik tizimlar, jumladan NASAMS, HAWK, IRIS T-SLM, IRIS T-SLS va Gepard tizimlarini yetkazib berish niyatida. Qoʻsh