calendar 30 May 13:25
eye 1086
comments 0
comments Manba: postda.uz

EKOLOGIK MADANIYAT:BUGUN VA KELAJAK

image

Ekologik madaniyat – ongli ravishda shakllanib boradigan tuyg‘u bo‘lib, uni hayotimiz davomida amaliy harakatlarimiz bilan rivojlantirib borishimiz va unga amal qilishimiz lozim. Sodda qilib aytganda, ekologik madaniyat atrof-muhitga nisbatan ijobiy muno­sabatimiz, ya’ni tabiat va atrof-muhitni asrash oilada, maktabda, mahallada, har bir jamoada shakllanib boradigan qadriyatdir. 

Mamlakatimizda tabiiy resurslardan foydalanishning huquqiy me’yori va miqdorini belgilash hamda ushbu talablarga rioya etilmagan holatlarda huquqiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalalari bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solingan. Xususan, Asosiy qonunimizning 62-moddasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar», 68-moddasida esa «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» degan konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning belgilanganligi ham mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolarning tabiiy resurslarga nisbatan ekologik madaniyatga ega bo‘lishini talab qiladi. 

Bundan tashqari, foydalanishimiz nazarda tutilgan tabiiy resurslar alohida milliy qonunlar bilan huquqiy tartibga solinganligi ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, tabiatni va atmosfera havosini muhofaza qilish, suvdan foydalanish, ekologik ekspertiza, yer osti boyliklari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ekologik nazorat, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foyda­lanish, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi o‘nga yaqin qonunlar va kodekslarda huquqiy normalar o‘z aksini topgan.

Qayd etish kerakki, milliy qonunchiligimizda ekologiya sohasidagi huquqiy munosabatlarning barcha jihatlari tartibga solingan bo‘lsa-da, ekologik ta’lim yo‘nalishida ilg‘or milliy va xorijiy tajribani o‘rganish, ular asosida ta’lim oluvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning aniq parametrlari ishlab chiqilmaganligi atrof-muhitga va umuman tabiatdagi tiklanmaydigan tabiiy resurslarga bo‘lgan munosabatlarning ijobiy emasligini bildiradi. 

Aholining ekologik madaniyatini shakllantirish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish maqsadida Harakatlar strategiyasi doirasida davlatimiz rahbarining 2019-yil 30-oktabr­dagi «2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi va amalga tatbiq etildi. Mazkur farmon asosida 2030-yilga qadar kutilayotgan natijalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Orol dengizining qurigan tubining O‘zbekis­tondagi qismida o‘rmonzorlar maydonini uning jami hududiga nisbatan 

60 foizgacha yetkazish, qishloq xo‘jaligida suv resurslarini yo‘qotishni 10 foizga kamaytirish, qishloq xo‘jaligida suv iste’molini (solishtirma gektarga nisbatan) 15 foizga kamaytirish, oqova suvlarini tozalash samaradorligini 

80 foizgacha oshirish, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini 10 foizga kamaytirish, transport vositalarining 80 foizini gaz-ballon yoqilg‘isi va elektr energiyasida ishlashga o‘tkazish, o‘rmonzorlar bilan qoplangan o‘rmon fondi hududini 

4,5 mln gektargacha kengaytirish, IV toifadagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar maydonini 12 foizgacha kengaytirish, Qizil kitobga kiritilgan va pitom­niklarda parvarish qilingan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qo‘yib yuborishni yiliga 4000 gacha ko‘paytirish, aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlari bilan 100 foiz qamrab olish, hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 65 foizgacha ko‘paytirish, alohida xususiyatga ega chiqindilar (tarkibida simob bo‘lgan chiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatib bo‘lingan moylar, qadoqlar chiqindilari va boshqalar)ning qayta ishlash hajmini 30 foizgacha ko‘paytirish kutilmoqda.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori asosida maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’limda, oliy ta’limda, oliy ta’limdan keyingi ta’limda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda, maktabdan tashqari ta’lim tizimlari­da ekologik ta’limni uzluksiz yo‘lga qo‘shish belgilandi. Shuningdek, Konsepsiyaning 6-bobi bilan oliy ta’lim tizimida ekologik ta’limni takomillash­tirish bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi. 

Prezidentimizning 2023-yil 

23-noyabrdagi «Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, mamlakatimizda «Yashil makon» elektron platformasi yaratildi va amalda faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2024-yil 29-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan «Yashil makon» loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari to‘g‘risida»gi videoselektor yig‘ilishida esa «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish, uning doirasida yiliga 

125 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilanganligi, xususan, joylarda 444 ta yashil bog‘ va 160 ta jamoat parkini tashkil qilish va «Mening bog‘im» loyihasini ishga tushirish zaruriyati mavjudligi alohida ta’kidlab o‘tildi. 


Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, ekologik madaniyatni shakllantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: 

birinchidan, insonning yashash muhiti bo‘lmish biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qo­lish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsiz­ligi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida g‘amxo‘rlik qilish;

ikkinchidan, fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash, barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya ta’limini yo‘lga qo‘yish majburiyligi;

uchinchidan, jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtirish;

to‘rtinchidan, tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik mexanizmla­rini ishlab chiqish;

beshinchidan, ekologiya ekspertizasi o‘tkazishning majburiyli­gini ta’minlash va monitoringini olib borish;

oltinchidan, tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni rag‘batlantirish tizimini keng yo‘lga qo‘yish natijasida «Ekota’lim», «Ekomahalla», «Ekoshahar», «Ekohudud» huquqiy maqomini ommaviy joriy etish;

yettinchidan, tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo‘lmas oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;

sakkizinchidan, tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish;

to‘qqizinchidan, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish masalasini soddalashtirish.


Oybek XOLMO‘MINOV,

IIV Akademiyasi dotsenti, 

yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, podpolkovnik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:16
 
619
0
xs.uz

Jinlar bazmi

10-aprel ' Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun(hikoya)Otam bu hikoyasini boshlagan vaqtda mening vujudimni qoʻrquv oʻrab olar edi-da, ichimdan: 'Meni ham shunday jinlarga yoʻliqtirma', deb tangriga yolborib qoʻyar edim.Kecha xolam bizning uyga mehmon boʻlib kelgan edi. Kechasi oshdan keyin otam, oyim, xolam uchovlari choy ichishib oʻltirar va oʻtgan-ketgandan soʻzlashar edilar. Soʻz aylanib kelib yana oʻsha jinlar, parilar, devlar toʻgʻrisida toʻxtadi. Otam boʻlsa oʻzi koʻrgan 'j

12 Apr 21:16
 
419
0
xs.uz

“Umida” (Fudziyama haqida tush) filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu film O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, 'O'zbekfilm' kinokonserni tomonidan suratga olingan.Premerada taniqli kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va san'at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida film mazmuni, g'oyasi va dolzarbligi haqida chuqur fikrlar bildirildi.Film voqealari o'z kasbiga sodiq, insonlarga chin dildan yordam beruvchi psix

12 Apr 21:16
 
620
0
xs.uz

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg

17 May 21:48
 
167
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz