calendar 30 May 12:45
eye 50
comments 0
comments Manba: postda.uz

ENG KATTA BAXT

image

IIV Navoiy akademik lit­seyida qariyb 7 yildan buyon o‘quvchilarga jismoniy tarbiya fanidan saboq berib kelmoq­daman. Litseyimizda sport bilan shug‘ullanmagan o‘quv­chining o‘zi yo‘q. Ularning jismoniy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda ko‘maklashish menga huzur bag‘ishlaydi. 

Litsey o‘quvchilarining ti­nimsiz o‘z ustida ishlashi, ular bilan mashg‘ulotlarni yuqori saviyada o‘tayotganimiz o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda o‘quvchilar orasida 3 nafar jahon chempioni, 10 nafar Osiyo chempioni hamda 27 nafar O‘zbekiston chempioni yetishib chiqqanligi ham fikrimning tasdig‘idir. 

Yaqinda Toshkent shahrida sportning Ashixara-karate turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1-bosqich o‘quvchisi Alishox Sultonov 55 kg vazn toifasida g‘olib chiqdi. Shahrizoda Bahriddinova esa shahrimizda Ayteke biy tavalludining 380 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro madaniy tadbirda shaxmat musobaqasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. 

O‘quvchilarimiz kelajakda haqiqiy huquq-tartibot himoyachisi, osoyishtalik posboni bo‘lishlariga ishonaman. Ularning erishayotgan yutuqlaridan faxrlanaman. Zero, ustoz uchun shogirdlarining muvaffaqiyati – eng katta baxt.

Jamoliddin XOLIQOV,

 IIV Navoiy akademik litseyi o‘qituvchisi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
47
0
xs.uz

Angliya toʻrt yil oldingi natijani qaytara oladimi?

Bu Angliya uchun qitʼa birinchiliklarida toʻrtinchi yarim final. Jamoa oxirgi bor 'Yevro-2020'ning finaliga chiqib, Italiyaga yutqazib qoʻygandi.Niderlandiya uchun esa bu 'yevro'lardagi oltinchi yarim final hisoblanadi. 'Uchar gollandlar'ning ushbu bosqichdagi yagona muvaffaqiyati 1988-yilga toʻgʻri kelgan. Oʻshanda jamoa finalga chiqib, chempionlikni qoʻlga kiritgandi.Hozirgacha Angliya va Niderlandiya 22 bor oʻzaro toʻqnash kelgan. Ularning 7 tasida Niderlandiya, 6 tasida Angliya gʻa

20 Jul 11:55
 
78
0
qalampir.uz

Shohasan Mirzamatov raqibini “uxlatib qo‘ydi”

Kecha, 19 iyul kuni o‘zbekistonlik MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov navbatdagi jangida qozog‘istonlik Mohir Mamedovga qarshi oktagonga chiqib, g‘alaba qozondi. Olmaota shahrida o‘tkazilgan Octagon 60 turnirida Mirzamatov 2-raundning 3-daqiqasini yakunlayotgan paytda mezbon sportchining qorniga tizza bilan zarba berib, raqibini oktagonga qulatdi.  Shunday qilib, 33 yoshli Mirzamatov faoliyatidagi 13-g‘alabasini tantana qildi.  Ma’lumot uchun, Mirzamatov navbatdagi

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Messi MLS yulduzlari o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jarohati tufayli MLS yulduzlari o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda liga o‘z bayonotida ma’lum qildi. MLS va Meksika ligasining eng yaxshi futbolchilari o‘rtasidagi uchrashuv 26 iyul kuni Kolumbusda bo‘lib o‘tadi. Messi Kolumbiya terma jamoasi bilan Amerika kubogi final uchrashuvida oyog‘idan olgan jarohati tufayli jamoasining ikkita o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

11 Jul 15:12
 
110
0
xs.uz

“Copa America” finalida kimlar oʻynashi maʼlum boʻldi

Bugun, 11-iyul kuni futbol boʻyicha Amerika chempionati musobaqasining ikkinchi yarim final uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Unda Kolumbiya termasi Urugvayni magʻlub etdi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Lerma tomonidan kiritilgan gol oʻyin taqdirini hal qildi. Bahsning 45-daqiqasi kolumbiyaliklar bir kishi kam boʻlib qolgan boʻlishsa-da, yakunda gʻalabani ilib ketishdi.Qayd etish kerakki, Kolumbiya terma jamoasi soʻnggi 28 ta oʻyindan beri yutqazmayapti. Jamoa tarkibida sobiq 'Real Madrid' futbolc