calendar 30 May 10:57
eye 31
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Braziliya Isroildagi elchisini chaqirib oldi

image

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari davom etayotgani sababli Braziliya Isroildagi elchisini chaqirib oldi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi.

Braziliya matbuoti xabarlariga ko‘ra, hukumat Tel-Avivdagi elchisi Frederiko Meyerni "maslahatlashuvlar" uchun chaqirib olgan.

Braziliyaning Isroildagi diplomatik vakolatxonasi vaqtincha ishlar vakili darajasida faoliyatini davom ettiradi. Braziliyaning yuqori martabali rasmiysi milliy matbuotga Isroilga yangi elchi yaqin orada tayinlanmasligini aytdi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats 19 fevral kuni Braziliya Prezidenti Lula da Silvaning G‘azoning Isroil tomonidan bosib olinishini natsistlar yetakchisi Adolf Gitlerning harakatlariga qiyoslaganiga javoban elchi “persona non grata” deb e’lon qilinganini aytdi.

Lula da Silva Isroilning G‘azoni bosib olishini “genotsid” deb atadi va buni natsistlar yetakchisi Adolf Gitlerning harakatlariga qiyosladi va G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealar “urush emas, genotsid” ekanini aytdi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham Lula da Silvaning so‘zlariga javob qaytardi va u “qizil chiziqdan o‘tganini” aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
89
0
qalampir.uz

HAMAS qo‘mondoni o‘lganiga ishonmayman – Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat qo‘shinlari tomonidan G‘azoning markaziy qismiga qilingan hujumda HAMASning yuqori darajadagi qo‘mondoni o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u kecha, 13 iyul kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi. “HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Deyf havo hujumida haqiqatan ham o‘ldirilganmi yoki yo‘qmi, bu Isroilga haliyam qorong‘u”, degan Bosh vazir.

17 Jul 10:40
 
62
0
xs.uz

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yangi pandemiya xavfidan ogohlantirdi

Dunyoda har qanday vaqtda yangi pandemiya boshlanishi mumkin. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada pandemiyaning oldini olish boʻyicha kelishuv loyihasini ishlab chiqayotgan hukumatlararo muzokaralar organi (HMO) yigʻilishidagi nutqida ogohlantirdi.'Hozirgi [Parranda grippi] H5N1 epidemiyasi bizga eslatganidek, keyingi pandemiya har qanday vaqtda paydo boʻlishi mumkin', deydi JSST bosh direktori.U HMO tomonidan ishlab chiqilayotg

19 Jul 21:42
 
69
0
qalampir.uz

BMT sudi Isroilning turar-joy siyosatini xalqaro huquqqa zid deb topdi

Xalqaro sud Isroilning turar-joy siyosati xalqaro qonunlarga zid deb topdi. Bu haqda sud raisi Navaf Salom Falastin hududlari masalasi bo‘yicha maslahat xulosasini e’lon qilayotganida so‘z ochdi. Sud majlisida sudya maslahat xulosasini chiqarish uchun sud zarur yurisdiksiyaga ega ekanligini ta’kidladi va shu bilan Isroil va boshqa bir qancha davlatlarning masaladan voz kechish haqidagi so‘rovlarini rad etdi. Salomning qayd etishicha, Isroilning aholi punktlari faoliyati kengaymoq

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch