calendar 29 May 15:24
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari  Akademiya huzuriga o‘tkaziladi.

Sport sohasida natijalari yuqori bo‘lgan davlatlarning yetakchi oliy sport-ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.

Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.

Sportchilarga xorijiy tillar va O‘zbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda o‘rgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini o‘z ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘qitish markazi tashkil etiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
42
0
xs.uz

Oʻzbekiston yana bir Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi

18,19,20-avgust kunlari Samarqand shahrida ITKF Karate-do boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.Qayd etilishicha, 18-avgust kuni chempionatning rasmiy ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda 18 dan ortiq davlatlar ishtirok etdi.Chempionat: 6-8 yosh ' bolalar va qizlar, 9-13 yosh ' yoshlar va qizlar, 14-18 yosh ' oʻsmirlar va oʻsmir qizlar, 19-21+ kattalar va ayollar, 40+ faxriylar oʻrtasida oʻtkazildi.Umumiy hisobda:1-oʻrin Oʻzbekiston2-oʻrin Tojikiston3-oʻrin Turkmaniston.Jamoaviy kume

25 Sep 13:15
 
22
0
xs.uz

WBA Shahram Gʻiyosovning chempionlik jangiga buyruq berdi

Qayd etilishicha, WBA yarim oʻrta vazn toifasi chempioni Eymantas Stanionisning ushbu kamarga majburiy daʼvogar Shahram Gʻiyosovga qarshi jang oʻtkazishi kerakligini bildirgan. Endi bokschilarning jamoasi oʻzaro jang sanasi, manzili va shartlari boʻyicha kelishib olishi lozim.Maʼlumot uchun, Gʻiyosov bugungacha 16 ta jang oʻtkazgan va barchasida gʻalaba qozongan. U soʻnggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni magʻlubiyatga uchratgan edi. Toʻliq 10 raund davom etgan jangda hakam

08 Sep 16:45
 
36
0
xs.uz

5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza… Oʻzbek bokschilariga yana bir muvaffaqiyatli boʻlgan turnir yakunlandi

3-7-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Grozniy shahrida boks boʻyicha 'Axmat-Xoji Qodirov' xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqdi.Oltin medalni qoʻlga kiritgan sportchilarimiz ichida 54 kgda Shaxzod Muzaffarov, 57 kgda Mirzabek Mirzahalilov, 63,5 kg: Abdulloh Maʼdaminov, 86 kgda Jasurbek Yoʻldoshev, 92 kgda Elyorbek Joʻraboyevlar bor.Kumush medaliga ega

08 Sep 16:45
 
38
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik 15 yoshli qiz Paralimpiya oʻyinlari kumush medaliga ega chiqdi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya oʻyinlari davom etmoqda.Kecha, 6-sentyabr kuni para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi. Mazkur yoʻnalishda Oʻzbekiston delegatsiyasining 15 yoshli aʼzosi Shahina Yigitaliyeva 43,12 metr natija qayd etdi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.Maʼlumot uchun, Shahina Yigitaliyeva Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibidagi eng yosh sportchi hisoblanadi. U 2008-yil 16-oktyabrda tugʻilgan.Bir