calendar 29 May 12:46
eye 40
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Fayzullayev Rossiya chempionatining ramziy jamoasiga kiritildi

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Rossiya chempionati yakunlari bo‘yicha ramziy jamoadan o‘rin oldi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Manba tomonidan tuzilgan ramziy jamoaga SSKAdan faqatgina Abbosbek Fayzullayev kiritildi. Umumiy 23 futbolchi chempionat yakunlariga ko‘ra, qaydnomadan, 11 futbolchi esa ramziy jamoadan joy oldi. 

11 futbolchidan iborat ramziy jamoaga eng ko‘p “Krasnodar” va “Dinamo” klublaridan futbolchilar kiritilgan. Har ikki jamoadan ham 3 nafardan futbolchi mavsumning eng yaxshilari qatorida e’tirof etildi. Shuningdek, “Lokomotiv”dan ikki, “Zenit”dan bir futbolchi jamoadan o‘rin egalladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev Rossiyada “Mavsum kashfiyoti” mukofotini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekistonda oʻtayotgan Jahon chempionatida terma jamoamiz guruhda qolib ketishi mumkin (+guruhlardagi holat)

Bugun futzal boʻyicha Jahon chempionatining 2-turi doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Paragvayga qarshi maydonga tushadi.Qayd etish kerakki, Paragvay 1-turda Kosta-Rikani 5:2 hisobida magʻlub etgan va guruhda 1-oʻrinda turibdi. Agarda bugun kutilganidek, Niderlandiya Kosta-Rikani magʻlub etsa, terma jamoamiz qiyin ahvolga tushib qoladi.Uchrashuv soat 20:00 da 'Humo Arena'da boʻlib oʻtadi.Guruhlardagi holat bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.Avvalroq, Urganch shahrida 2,9 milliar

08 Sep 16:45
 
50
0
xs.uz

Oʻzbekiston yozgi Paralimpiyalaridagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda. “Toʻyga toʻyona” sifatida Temur Giyazov bronza medaliga ega chiqdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida T44 klassida balandlikka sakrash dasturida final bahsi yakunlandi. Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Temur Giyazov 2.03 metr natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor boʻldi.Qayd etish kerakki, bu orqali Oʻzbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida medallar sifati boʻyicha oʻz tarixida

09 Oct 12:40
 
13
0
xs.uz

Oʻzbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

Oʻzbekiston futzal terma jamoasini boshqargan ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes mamlakatdagi murabbiylik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, kecha, 7-oktyabr kuni OʻFA rahbariyati hamda bosh murabbiy qatnashgan yigʻilishda milliy jamoaning Oʻzbekistonda oʻtgan musobaqadagi ishtiroki tanqidiy koʻrib chiqilgan. Yigʻilish avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga term

09 Oct 12:40
 
9
0
xs.uz

Fargʻonada Odil Ahmedov futbol akademiyasi filiali ish boshladi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalariga iqtidorli oʻyinchilar yetkazib berish hamda 'millionlar oʻyini'ga muxlislik borasida yurtimizda yetakchilar sirasiga kiradi.Ayni paytda isteʼdodli yoshlarni kashf etish orqali milliy terma jamoa hamda professonal futbol klublariga munosib vorislarni tayyorlash doimiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizda keyingi yillarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, futbol maktablari va futbol aka