calendar 29 May 11:28
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jazoir Rafah bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini BMT Xavfsizlik Kengashiga yubormoqchi

image

Jazoir Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga G‘azo sektoridagi Rafah shahrida harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini kiritmoqchi. Bu haqda Jazoirning jahon tashkilotidagi doimiy vakili Amar Benjama jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Jazoir bugun kechqurun Rafah bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini tarqatadi”, deydi u Xavfsizlik Kengashining Rafah masalasi bo‘yicha yopiq yig‘ilishidan keyin. 

Jazoir missiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hujjat Rafahdagi qotilliklarni to‘xtatishga qaratilgan qisqa matndir. 

Avvalroq Fransiyaning BMTdagi doimiy vakili Nikolya de River Xavfsizlik Kengashi Rafahda harbiy harakatlarning oldini olish uchun zudlik bilan harakat qilishi kerakligini aytgan edi. 

Xalqaro jinoiy sud 24 may kuni Janubiy Afrikaning da’vosi bo‘yicha qaror chiqardi, unga ko‘ra, Isroil Rafahdagi harbiy hujumini va shahar aholisiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarni to‘xtatishi kerak. Sud, shuningdek, Isroilga Falastin aholisiga yordam ko‘rsatish uchun Rafah o‘tish joyini ochiq saqlashni buyurdi.  

26 may kuni Isroil Xalqaro jinoiy sud qaroriga zid ravishda G‘azo sektoridagi Rafah shahridagi falastinlik qochqinlar lageriga hujum qildi. Isroil hujumida kamida 45 nafar falastinlik, jumladan ayollar, bolalar va qariyalar halok bo‘ldi. Bundan tashqari, yana 249 falastinlik yaralangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 17:22
 
53
0
qalampir.uz

BMT Isroilning Yamanga hujumidan qattiq xavotirda

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning Yamanga hujumidan chuqur xavotir bildirdi. Bu haqda xalqaro tashkilot matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan Bosh kotib bayonotida so‘z boradi. Yamanning Hodeyda shahriga 6 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va 80 dan ortiq odam yaralangan hujumdan so‘ng, Guterrish tomonlarni o‘zini tiyishga chaqirdi. Uning qayd etishicha, Isroil 20 iyul kuni elektr infratuzilmasiga zarar yetkazgan va neftni qayta ishlash zavodida katta yong‘in kelib chiqqan

03 Sep 21:35
 
3
0
xs.uz

Qozogʻistondagi AES qurilishi boʻyicha referendum sanasi eʼlon qildi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev mamlakatda atom elektr stansiyasi (AYES) qurilishi boʻyicha referendum sanasini eʼlon qildi. Bu haqda 'Report.az' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, respublika parlamenti ikki palatasining yigʻilishida ushbu qaror maʼlum qilingan.'6-oktyabr kuni referendum boʻlib oʻtadi', dedi Toʻqayev Qozogʻiston xalqiga murojaati chogʻida. Bir hafta oldin hukumat ushbu masala boʻyicha Energetika vazirligi loyihasini qabul qilgandi.Qayd etilishicha, Qosi

16 Jul 18:11
 
86
0
xs.uz

Finlyandiya Rossiya bilan chegarada devor qurmoqda. U 2026-yilda yakunlanadi

Finlyandiya hukumati tomonidan Finlyandiya va Rossiya oʻrtasidagi chegarada devor qurilishi reja boʻyicha amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi 'Yle' jamoat teleradiokompaniyasi.'Sharqiy chegara devori qurilishi reja asosida amalga oshirilmoqda. Qurilish avgust oyining oxirida Janubiy Kareliya muzofoti Nuyyamaa aholi punktida boshlanadi va 70 kilometrni tashkil etadi', deyiladi manbada.Devorning qurilishi avval sinov panjaralarini qurish bilan boshlangan edi. Loyihaning tajriba bosqichi doiras

26 Jul 10:19
 
50
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonda avtotransport vositasini mast holda boshqargan Qo‘stanay viloyati Bosh imomi Baxitbek Tajimbet 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Baxitbek Tajimbet Oqmo‘la viloyatining Burabay qishlog‘idagi tungi klublardan birining yonida Toyota Highlander rusumli avtomashinani mast holatda haydab ketayotganda to‘xtatib qolingan. “Huquqiy normalar va odob-axloq qoidalarini qo‘