calendar 29 May 11:01
eye 34
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

G‘arb qo‘shinlarining Ukrainaga kelishi yaxshi va to‘g‘ri qaror emas – Putin

image

Moskva G‘arb davlatlarining Ukrainaga Rossiya Federatsiyasi hududlariga zarba berishga ruxsat berish to‘g‘risidagi takliflarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Toshkentga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Rossiya Prezidentining aytishicha, bu keskinlashuv, Yevropadagi jiddiy va global mojaro tomon yana bir qadam bo‘ladi. 

“NATO davlatlari, ayniqsa alyansning Yevropadagi vakillari nima bilan o‘ynashayotganini bilishlari kerak. Ular eslashlari kerakki, bu (Ukraina), qoida tariqasida, kichik hududga ega, aholisi juda zich joylashgan davlat. Ular Rossiya hududiga chuqur zarbalar berishdan oldin bu omilni yodda tutishlari kerak”, dedi Putin.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarni qo‘llagan taqdirda Rossiya yana “sanitariya zonasi” haqida qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, u Ukraina hududidagi G‘arb instruktorlari talafot ko‘rayotganini aytdi.

“Bular yollanma ishchilar, lekin u yerda yollanma xodim niqobi ostida mutaxassislar bor. Uzoq masofali aniq qurollar haqida savol bor edi. Bu qurollarni kim boshqaradi, kim ularni saqlaydi? Albatta, o‘sha o‘qituvchilar yollanma askar sifatida niqoblangan. Ular bor va yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda”, deydi Rossiya Prezidenti.

Shuningdek, u “jang maydonida vaziyatni burish mumkin emas”ligiga ishonch bildirdi.

“G‘arbdagi do‘stlarimiz va hamkorlarimizning “Rossiya muzokara qilishdan bosh tortmoqda” degan harakatlariga doim hayrat bilan qarayman. Men buni ming marta aytdim, go‘yo ularning qulog‘i yo‘qdek: biz rad qilmayapmiz, Ukraina tomoni ochiqchasiga rad etdi. Ular kelishuvni bizni jang maydonida mag‘lub etish uchun rad etishdi. Ular o‘zlarining xohish-istaklaridan kelib chiqib, nimanidir chizishni, o‘zlari chizgan narsalarga dunyo qo‘llab-quvvatlash qiyofasini yaratishni va uni jahon hamjamiyatining "birlashgan pozitsiyasi" sifatida taqdim etishni xohlashadi. Ular bunday muvaffaqiyatga erisha olmaydi”, dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, butun Ukraina hukumatining qonuniyligi masalasida "jiddiy va chuqur tahlil" o‘tkazilishi kerak.

“Ukraina Konstitutsiyasi vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutadi, lekin bu faqat Rada uchun amal qiladi. Ukraina Konstitutsiyasida Prezident vakolatlarini kengaytirish haqida hech narsa aytilmagan”, deya ta’kidladi Putin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy markaziy osiyolik jurnalistlarga bergan intervyusida 2024 yil 20 maydan keyin vakolat muddati tugashi munosabati bilan legitimlikni yo‘qotgani haqidagi gaplarga izoh bergandi.

Toir Obidov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 22:11
 
128
0
qalampir.uz

Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni almashishdi (video)

95 nafar rossiyalik harbiy Ukraina asirligidan Rossiyaga qaytdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, ular Ukraina Qurolli kuchlarining 95 harbiy asiri evaziga o‘tkazilgan. “Ozod qilingan harbiy xizmatchilar Rossiya Aerokosmik kuchlarining harbiy-transport samolyotlari orqali Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun Moskvaga olib ketiladi. Ozod qilinganlarning barchasiga zarur tibbi

22 Jul 20:48
 
64
0
qalampir.uz

NATO 500 mingdan ortiq askarini shay holatga keltirmoqda

NATO Ukraina-Rossiya masalasida o‘zining 500 mingdan ortiq qo‘shinini jangovar shay holatga keltirishni boshladi. Bu haqda alyans matbuot kotibi Farah Daxlallah kecha, 21 iyul kuni SNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Daxlallahga ko‘ra, 2014 yilda Qrimning noqonuniy anneksiya qilinishi ortidan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi muqarrar ravishda NATOni urushga tayyorligini qayta ko‘rib chiqishga va mudofaasini kuchaytirishga majbur qilgan. &ld

19 Jul 19:38
 
68
0
qalampir.uz

Rossiyaga bosim o‘tkazish orqali kelishuvga erishish mumkin – Zelenskiy

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tkazishi uchun butun dunyo unga bosim o‘tkazishi kerakligini aytdi. Bu haqda “Ukrinform”xabar berdi. “Bu barcha hududlar kuch bilan bosib olinadi, degani emas. Menimcha, diplomatiyaning kuchi yordam berishi mumkin. Jang maydonida kuchsizroq Rossiya Ukrainaning muzokaralar stolidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi. Rossiyaga bosim o‘tkazish orqali diplomatik yo‘l bilan muzokaralar olib borish mumkin&

15 Jul 12:02
 
48
0
qalampir.uz

Nigeriyada maktab binosi qulashi oqibatida 22 bola halok bo‘ldi

Kecha, 12 iyul kuni Nigeriyada Busa Buji jamoasiga tegishli, Saint akademiyasi qaramog‘idagi ikki qavatli maktab binosi qulashi oqibatida 22 bola halok bo‘ldi. Vayronalar ostida esa bino ichida bo‘lgan jami 154 kishi qolib ketgan. Bu haqda “The Hindu” xabar berdi. Halokat Plato shtatida ro‘y bergan. Eski va yaroqsiz holatga kelib qolgan maktab binosi devorlari darz ketib yorilishi oqibatida qulab tushgan. Baxtsiz hodisaning yuz berishiga inshootning juda uzoq muddat xizmat