calendar 29 May 09:59
eye 54
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Real” afsonasi Yevro-2024'da qatnashmasligiga munosabat bildirdi

image

Kecha, 27 may kuni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente  Yevro-2024'ga tayyorgarlik ko‘radigan 29 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan ro‘yxatni e’lon qildi. “Real Madrid”ning tajribali qanot futbolchisi Lukas Vaskes qaydnomaga kiritilmadi.

Tarkib e’lon qilingandan so‘ng, Vaskes ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ikkita kulib turgan reaksiyani bildirdi,  biroq, keyinchalik xabarni o‘chirib tashladi.

Vaskes so‘nggi mavsumlarda o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynamoqda. De la Fuente bu pozitsiya uchun Dani Karvaxal va Xesus Navasni afzal ko‘rdi.

Joriy mavsumda Vaskes barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yevro-2024'ning guruh bosqichida Ispaniya terma jamoasi Italiya, Xorvatiya va Albaniyaga qarshi bahs olib boradi. Qizil furiya turnirdagi ilk uchrashuvini 15 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
15
0
xs.uz

Fargʻonada Odil Ahmedov futbol akademiyasi filiali ish boshladi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalariga iqtidorli oʻyinchilar yetkazib berish hamda 'millionlar oʻyini'ga muxlislik borasida yurtimizda yetakchilar sirasiga kiradi.Ayni paytda isteʼdodli yoshlarni kashf etish orqali milliy terma jamoa hamda professonal futbol klublariga munosib vorislarni tayyorlash doimiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizda keyingi yillarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, futbol maktablari va futbol aka

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin

Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parijning PSJ klubi oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani maʼlum qildi. Bu haqda u oʻz X sahifasida yozdi.'PSJ braziliyalik himoyachi Markinosga oʻrinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod', deydi u.Shuningdek, 'Foot01' sayti oʻzbekistonlik futbolchini eʼtirof etgan va tez orada uni Yevropaning top-klublarida, jumladan, PSJda koʻrishimiz mumkinligini qayd etgan.'Abduqodir Husanov mavsu

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

Isroil Madrimov rasman “Usik—Fyuri 2” boks kechasida jang qiladi. Uning raqibi Ukrainadan

21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda 'Tayson Fyuri ' Aleksandr Usik 2' boks oqshomi doirasida boʻlib oʻtadigan barcha janglar maʼlum boʻldi. Gap shundaki, ushbu jang kechasining ikkinchi asosiy jangi aynan hamyurtimiz ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu haqda 'Matchroomboxing' xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, ushbu boks kechasidan 6 ta asosiy jang oʻrin olgan boʻlib, hamyurtimiz ancha kuchli raqibga qarshi ringga koʻtariladi.Ushbu kechada quyidagi janglar boʻlib oʻtadi

09 Oct 12:37
 
11
0
postda.uz

SOG'LOM HAYOT UCHUN

Osoyishtalik posbonlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish hamda ularning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi bilan ham muntazam ravishda mashg'ulotlar olib borilmoqda.