calendar 29 May 09:24
eye 33
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yevropaning yana to‘rt davlati Falastinni tan olishi kutilmoqda

image

Belgiya, Lyuksemburg, Portugaliya va Sloveniya tez orada Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishi kutilmoqda. Bu haqda Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdul Hafiz Nofalga tayanib, TASS xabar berdi.

"Biz yaqin kunlarda Sloveniya qaror qabul qilishini kutyapmiz. Lyuksemburg ham tez orada o‘z qarorini e’lon qilishini kutamiz. Belgiya va Portugaliya ham shular jumlasidandir. Yevropaliklar nimadir noto‘g‘ri ekanini tushuna boshladi. Nega Isroil aynan shunday qilyapti?”, deydi Abdul Hafiz Nofal.

Falastin elchisi hatto amerikalik talabalar ham Isroilni qoralay boshlaganini ta’kidladi. 

"Isroilning ichida ham juda katta muammo bor. Chunki, bilasizmi, urushning sakkizinchi oyi va Isroilni hech kim to‘xtata olmayapti. Bu qanday to‘g‘ri bo‘lishi mumkin? 500 mingdan ortiq isroillik ikki fuqarolikka ega. Ular allaqachon mamlakatni tark etgan. Ular bu urushga o‘rganmagan", dedi Nofal.


Falastin davlati hozirda BMTga a’zo 193 davlatdan 143 tasi, shu jumladan O‘zbekiston tomonidan suveren davlat sifatida tan olingan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 may kuni Norvegiya, Irlandiya va Ispaniyaning Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishi to‘g‘risidagi qarori kuchga kirdi.

Toir Obidov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Eron va Armaniston 500 mln dollarlik qurol bitimini imzoladi

Eron va Armaniston 500 million dollarlik yirik qurol bitimini imzoladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Iran International” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, mazkur kelishuv bir necha shartnomalarga bo‘lingan va so‘nggi bir necha oy ichida imzolangan. “Iran International” Eron Armanistonga yetkazib bermoqchi bo‘lgan harbiy texnikaning eksklyuziv ro‘yxatini oldi. Bunga Shahed-136, Shahed-129, Shahed-197, Mohacher kabi dronlar, shuningdek, Hordod-3, Majid, Hordod-

29 Jul 13:28
 
64
0
xs.uz

Isroil HAMAS bilan sulhga kelishib, Livan bilan urush ochilishi mumkin — ekspert

Livan jabhasida kuchlarni toʻplash uchun Isroil Falastinning HAMAS harakati bilan oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishi mumkin. Bu fikrlarni Turkiyaning Xavfsizlik va mudofaa strategiyalarini tadqiq qilish va amalga oshirish markazi direktori, Istanbul universiteti professori, isteʼfodagi general Fahri Erenel aytib oʻtdi.Oldinroq, 'New York Times' oʻz manbalariga tayanib muzokarachilar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu sulhga erishish uchun Falastinning HAMAS harakati bilan Gʻazo s

26 Jul 10:21
 
44
0
xs.uz

“Oʻzga sayyoralik”lar sigaret qoldiqlarini tozalash bilan shugʻullanadi (+Video)

Genuyadagi Italiya texnologiya instituti tadqiqotchilari plyajlar va bogʻlarda sigaret qoldiqlarini tozalashga yordam beradigan innovatsion robotni ishlab chiqdi.'VERO' deb nomlangan robot yurish paytida sigareta qoldiqlarini vakuumli oyoqlari yordamida soʻrib oladi va atrof-muhit tozaligiga hissa qoʻshadi.Qayd etilishicha, 'VERO' 'Unitree' kompaniyasining 'AlienGo' platformasi asosida qurilgan va shu sababli ham ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu robotlarni 'oʻzga sayyoralik' deb ha

19 Jul 12:12
 
77
0
xs.uz

Kreml «kuchli Yevropa» harakatidan tashvishlanmoqda

Shu yilning 18-iyul kuni ikkinchi muddatga saylangan Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen kelgusi besh yil ichida transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun 'Yevropa havo qalqoni'ni tuzib, qitʼa mudofaa ittifoqini tashkil etishga umid bildirdi.'Biz ushbu yirik loyihalar barcha uchun ochiq boʻlishini taʼminlaymiz va ularni imkon qadar tezroq loyihalash, qurish va Yevropa zaminida joylashtirishni taʼminlash uchun barcha meʼyoriy va moliyaviy vositalardan foydalanamiz', dega