calendar 28 May 20:42
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ning akasi va o‘g‘illari ishi ham sudda ko‘riladi

image

Avval xabar berganimizdek, ertaga, 29 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev boshchiligidagi jinoiy tuzilma vakillariga nisbatan sud ishini ko‘rish boshlanadi. Ayblanayotganlar orasida Qudratullayevning ikki o‘g‘li va akasi ham bor. 

Xususan, Qudratullayevning to‘ng‘ich o‘g‘li – 1994 yilda tug‘ilgan Bekzod Qudratullayevich Zafarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “v” bandi bilan ayblanmoqda. 

Qudratullayevning kenja o‘g‘li – 27 yashar Ixtiyor Qudratullayev esa Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi, “v” bandi bilan ayblanmoqda. 

“Baxti Tashkentskiy” akasi – 1966 yilda tug‘ilgan Shuhrat Zaparovich Qudratullayev Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandlari bilan ayblanmoqda. 

Jinoyat ishi doirasida jami 40 kishiga nisbatan ochilgan ish hujjatlari ko‘rib chiqiladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuhrat Zaparovich Qudratullayevga nisbatan qidiruv e’lon qilgan edi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 14:49
 
107
0
xs.uz

Vakolati boʻlmagan MCHJ Nurotada noqonuniy tarzda marmar qazib olgani maʼlum boʻldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 'Ye.' MCHJ masʼul shaxslari tegishli ruxsatnoma olmasdan faoliyat olib borgani aniqlandi.Maʼlum boʻlishicha, ular tumandagi 'Suvliq' granit koni hududidan 404,73 metr kub hajmdagi marmarni noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamoat manfaatlariga 209,1 million soʻm zarar yetkazgan. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.'Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodek

18 Jul 15:50
 
55
0
qalampir.uz

Samarqanddagi 11 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid ekani aniqlandi

Samarqand viloyatidagi 11 ta tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ekani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning II chorak yakunida qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini &ldqu

17 Jul 12:43
 
78
0
qalampir.uz

10 hokim ishdan olindi, 28 nafariga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi

O‘zbekistondagi 10 ta shahar va tumanlarning hokimlari ishdan olinadi, 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘riladi. Bu haqda bugun, 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. Bildirilishicha, yig‘ilishda faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 28 ta tuman-shahar ho

26 Jul 10:20
 
34
0
qalampir.uz

Berdimuhamedov Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Turkmaniston milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. “O‘zbekiston bilan Turkmanist