calendar 12 Jul 14:49
eye 108
comments 0
comments Manba: xs.uz

Vakolati boʻlmagan MCHJ Nurotada noqonuniy tarzda marmar qazib olgani maʼlum boʻldi

image
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurota tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 'Ye.' MCHJ masʼul shaxslari tegishli ruxsatnoma olmasdan faoliyat olib borgani aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, ular tumandagi 'Suvliq' granit koni hududidan 404,73 metr kub hajmdagi marmarni noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamoat manfaatlariga 209,1 million soʻm zarar yetkazgan. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.

'Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, Navoiy viloyatidagi 'Gʻozgʻon' koni Oʻzbekistondagi asosiy marmar konlaridan biri boʻlib, u oʻziga xos tillarang marmari bilan mashhur. Mazkur turdagi marmar ichki bozorda ham, xalqaro bozorda ham talabgir hisoblanadi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Nurota marmar koni Gʻozgʻon shaharchasi yaqinida joylashgan boʻlib, 1972-yildan beri qazib olinmoqda. Nurota marmar konining zaxiralari 1 million 700 ming metr kub miqdorida baholangan. Nurota marmar konidan olingan marmar plitalar Parijda boʻlgan xalqaro koʻrgazmada (2000-yil) oltin medalga loyiq topilgan.

Avvalroq 1 milliard soʻmlik tabiiy gaz va elektr energiyasining pulini toʻlamay ishlatganlar aniqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
28
0
xs.uz

26-iyul kuni harorat 45 darajani tashkil etadi

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +40...+42 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja b

26 Jul 17:11
 
54
0
qalampir.uz

Dollarning rasmiy kursi tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 34,17 so‘mga pastladi va 12 599,83 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, yevro kursi ham 34,56 so‘mga arzonlab, 13 675,86 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham 0,84 so‘mga pastlab, 147,78 so‘mni tashkil etdi.

16 Jul 10:28
 
88
0
xs.uz

Namangan va Ozarbayjon hamkorligi kengaymoqda

' Ayni paytda biz uchun ajratilgan maydonda ishni boshlab yubordik, ' deydi TST Textile group rahbari Abdulvoris Yoʻldoshev. ' Ozarbayjon qishloq xoʻjaligida paxtachilik bilan azaldan shugʻullanishadi. Hamkorlik tajribalarni uygʻunlashtirib, soha rivojiga yangilik olib kiradi.Maʼlumot oʻrnida, ozar qardoshlarimiz ham Namanganda qishloq xoʻjaligida qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon tumanida qiymati 15 million dollarlik 'Zamonaviy logistika markazi, muzlatgichl

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi