calendar 28 May 16:56
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Biz o‘lamiz deb o‘ylagandik”. Ispaniyada futbolchilar bo‘lgan samolyot dvigatelida nosozlik kuzatildi

image

Bortida “Kadis” klubi futbolchilari bo‘lgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli Sevilyaga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Boeing 767 dvigatellaridan biridagi muammo samolyot kapitanini Sevilya shahriga favqulodda qo‘nishga majbur qilgan. Holat parvoz boshlanganidan 10 daqiqa o‘tgach sodir bo‘lgan.

“Kadis” futbolchilari va murabbiylar shtabi o‘rtoqlik o‘yini uchun Salvadorga uchib ketishayotgandi. Qayd etilishicha, qurbonlar yo‘q, ammo “Kadis” futbolchilari shok holatiga tushgan.

“Biz o‘lamiz deb o‘ylagandik”, deydi “Kadis” futbolchisi Aleks Fernandes.

Ma’lumot uchun, “Kadis” 2023/2024 yilgi mavsumni La Liga turnir jadvalida 18-o‘rinda yakunlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
38
0
xs.uz

Safiya Burxanova uch karra Paralimpiya oʻyinlari sovrindori!

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Maʼlum boʻlishicha, para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslari yakunlandi.Ushbu yoʻnalishda qatnashgan hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.12 metr natija koʻrsatib, delegatsiyamiz hisobiga oltinchi kumush medalni qoʻshib qoʻydi.Maʼlumot uchun, Safiya Burxanova bundan avval 'Rio-2016' Paralimpiya oʻyinlarida kumush va '

08 Sep 16:45
 
82
0
xs.uz

Nurxon Qurbonova – Paralimpiya oʻyinlari chempioni

Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bugungi bahslarini ajoyib yangilik bilan boshlaymiz. Para yengil atletikachimiz Nurxon Qurbonova F54 klassida nayza uloqtirish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yanada ahamiyatlisi, yurtdoshimiz musobaqada 21.12 metr natija qayd etib, yangi jahon rekordini ham oʻrnatishga erishdi. Ofarin, Nurxon!Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 10 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.Foto: Husniddin Ato

09 Oct 12:40
 
8
0
xs.uz

Isroil Madrimov rasman “Usik—Fyuri 2” boks kechasida jang qiladi. Uning raqibi Ukrainadan

21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda 'Tayson Fyuri ' Aleksandr Usik 2' boks oqshomi doirasida boʻlib oʻtadigan barcha janglar maʼlum boʻldi. Gap shundaki, ushbu jang kechasining ikkinchi asosiy jangi aynan hamyurtimiz ishtirokida boʻlib oʻtadi. Bu haqda 'Matchroomboxing' xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, ushbu boks kechasidan 6 ta asosiy jang oʻrin olgan boʻlib, hamyurtimiz ancha kuchli raqibga qarshi ringga koʻtariladi.Ushbu kechada quyidagi janglar boʻlib oʻtadi

09 Oct 12:40
 
16
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin

Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parijning PSJ klubi oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani maʼlum qildi. Bu haqda u oʻz X sahifasida yozdi.'PSJ braziliyalik himoyachi Markinosga oʻrinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod', deydi u.Shuningdek, 'Foot01' sayti oʻzbekistonlik futbolchini eʼtirof etgan va tez orada uni Yevropaning top-klublarida, jumladan, PSJda koʻrishimiz mumkinligini qayd etgan.'Abduqodir Husanov mavsu