calendar 28 May 15:36
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yozda O‘zbekistonda AES qurilishi boshlanadi

image

O‘zbekistonda shu yil yozida kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanadi. Bu haqda “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev ma’lum qildi.

"Rosatom" kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasini imzolash orqali o‘zining inkor etib bo‘lmaydigan global yetakchiligini tasdiqladi va bu shunchaki dastlabki kelishuv emas, biz shu yozda qurilishni darhol boshlaymiz", deydi Lixachev.

“Atomstroyeksport” AJ (“Rosatom” davlat korporatsiyasining muhandislik bo‘limi) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi huzuridagi “AES qurilishi direksiyasi” davlat unitar korxonasi o‘rtasida O‘zbekistonda  kam quvvatli atom stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Loyiha O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha quvvati 330 MVt (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor) bo‘lgan atom elektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi. Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi sifatida ishlaydi, qurilishda mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etadi. 

Lixachevning aytishicha, “Rosatom” O‘zbekistonda yuqori quvvatli atom elektr stansiyasini qurish masalasini ham olib tashlamayapti.

“Biz jami 2,5 gigavatt quvvatga ega bo‘lgan yirik stansiya qurilishi haqidagi masalani kun tartibidan olib tashlamayapmiz”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi doirasida Rossiya va O‘zbekiston delegatsiyalari O‘zbekistonda Rossiya loyihasidagi kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hujjatlarni imzolagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
65
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistonda katta miqdordagi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻrtkoʻl tumanida olib borilgan tadbirlarda 'Qaratau' nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar bergan.Maʼlum boʻlishicha, IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Anhorli' mahallasida yashovchi A.D. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan.Ushbu

15 Jul 12:03
 
63
0
qalampir.uz

Matiz yonib ketishi oqibatida dalaga o‘t ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Matiz avtomobili yonib ketishi oqibatida yo‘l yoqasidagi dalaga ham o‘t ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 12 iyul kuni Samarqand tumanida sodir bo‘lgan. Soat 16:28 da tumanning “Yangi ariq” MFY hududidan harakatlanib ketayotgan fuqaro J.O boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli mashinada yong‘in chiqqan. Oqi

15 Jul 12:03
 
69
0
qalampir.uz

Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ko‘chada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotda joriy yil 15 iyuldan Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlanishini aytgan. Unda hukumat qarori bi

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Paxta-toʻqimachilik klasterlariga tegishli Prezident farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar qildi.Maʼlum boʻlishicha, farmonga koʻra, paxta-toʻqimachilik klasterlarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan bir qator choralar belgilanmoqda. Xususan, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit resurslari hisobidan 2023-y