calendar 28 May 13:06
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Estoniya Prezidenti Rossiyani tiz cho‘ktirishga va’da berdi

image

Estoniya Rossiyani tiz cho‘ktirish uchun hamma narsani qiladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Alar Karis “Yle” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Karisning fikricha, hozir eng muhimi – Rossiya urush mashinasini to‘xtatish. 

“Biz Rossiya va Putinni tiz cho‘ktirish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”,  deb va’da qildi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, shundan keyingina Ukrainadagi jangovar harakatlarni tugatish bo‘yicha jiddiy muhokamalar boshlanishi mumkin.

Estoniya harbiylarini Ukrainaga yuborish ehtimoli haqidagi savolga javoban Karis bunday qarorlarni qabul qila olmasligini aytdi. 

“Bu mening qarorim yoki hatto hukumatning qarori ham emas. Parlament qo‘shin yuborishga qaror qiladi”, deya tushuntirdi Prezident.

Siyosatchining ta’kidlashicha, Ukraina “hali bunga ehtiyoj sezmayapti”. Karisning ta’kidlashicha, ukrainaliklarga hozir G‘arb harbiy kuchlari emas, qurol kerak.

Ukrainaga Yevropa qo‘shinlarini yuborish haqidagi muhokama Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning bayonotidan keyin boshlandi. 

“Bugun quruqlikdagi qo‘shinlarni rasmiy, mo‘ljallangan va tasdiqlangan tarzda yuborish bo‘yicha konsensus yo‘q. Ammo kelajakda hech narsani inkor etib bo‘lmaydi”, degan edi Makron fevral oyi oxirida.

Bir qator G‘arb yetakchilari Ukrainaga harbiy xizmatchilarni jo‘natmasliklarini bildirishgan. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ham alyans Ukrainaga NATO quruqlik qo‘shinlarini yuborish niyatida emasligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron 2 may kuni Kiyevga safari chog‘ida Ukraina Rossiya hududiga zarba berish uchun Britaniya qurollaridan foydalanishi mumkinligini aytgandi. AQSHda esa bir guruh qonunchilar Prezident Jo Bayden ma’muriyatidan Ukrainaga Rossiya hududiga Amerika qurollaridan foydalangan holda zarbalar berishga ruxsat berishni talab qildi. 22 may kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi rahbari Maykl Makkol AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenni Kiyevga Rossiya hududiga Amerika qurollari bilan zarba berish taqiqini bekor qilishga chaqirib, unga AQSH tomonidan taqdim etilgan ATACMS raketalari bilan qoplanishi mumkin bo‘lgan Rossiya hududi xaritasini ko‘rsatdi. “The New York Times” esa Blinken o‘tgan haftadagi Kiyevga "kutilmagan tashrif"idan so‘ng Amerikaning Rossiya hududiga qurolli zarbalarini taqiqlash masalasi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirib, Oq uyga Rossiyaga qarshi zarba berish taqiqini bekor qilishni taklif qilganini yozdi. Fransiya yadro kallagini olib yura oladigan raketaning ilk sinovini amalga oshirdi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg butun dunyo hukumatlari Ukrainaning Rossiya ichidagi rus qo‘shinlariga hujum qilish uchun G‘arb qurollaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqlarni qayta ko‘rib chiqishi kerakligini va bu cheklovlar Ukraina qo‘shinlarining o‘z mamlakatini himoya qilish qobiliyatini pasaytirayotganini aytdi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
120
0
xs.uz

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi navbatda muzokaralar boʻlib oʻtdi. Tomonlar qanday kelishuvga erishdi?

Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Muloqot Moskva vaqti bilan taxminan soat 15:20 da yakunlandi va taxminan bir soat davom etdi. Muzokaralar boshlanishidan oldin tomonlar anʼanaviy qoʻl siqishdan bosh tortishgan. Ukraina delegatsiyasi aʼzolari harbiy formada, Rossiya vakillari esa klassik liboslarda boʻlgan. Avvalgi turda boʻlgani kabi muzokaralarning yopiq qismidan oldin Turkiya Tashqi ishlar vazir

31 May 08:50
 
115
0
xs.uz

Ilon Mask Oq uyni tark etdi

Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari

13 May 14:38
 
52
0
xs.uz

Baydenda salomatlik bogʻliq muammo aniqlandi

AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata bezida kichik oʻzgarish tashxisi qoʻyildi. Bu haqda 'The New York Times' gazetasi siyosatchining vakiliga tayanib xabar berdi.'Sobiq prezident oʻtgan juma kunini prostata bezida qoʻshimcha tekshiruvni talab qiladigan kichik oʻzgarish aniqlanganidan keyin Filadelfiya kasalxonasida oʻtkazdi', ' deyiladi xabarda.Baydenning sogʻligʻi va keyingi davolanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.Avvalroq, internet foydalanuvchilari Baydenning qo

08 Jun 02:27
 
32
0
xs.uz

Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda

Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga