calendar 20 May 11:47
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ertaga Toshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi

image

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot hamda Yakkasaroy tumanlarida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga Mirzo Ulug‘bek tumanida bahor-yoz rejali-profilaktika ishlarini amalga oshirish jarayoni sabab bo‘lgan. Shu bois quyidagi manzillarda 20 may soat 09:00 dan 21 may soat 21:00 gacha ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladi:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
“Chingeldi”, “Iqtidor”, “Ijodkor”, “Alisherobod”, “Geologlar”, “Temuriylar”, “Sarbon”, “Gulzorobod”, “Ko‘hna Mevazor” mahallalarida, Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent viloyat Sud – tibbiyot ekspertiza markazida, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligida.

Yashnobod tumani bo‘yicha:
“Amir Temur”, “Tuzel”, “Vatandosh”, “Tong”, “Al-Buhoriy”, “Yashnobod”, “Navro‘zobod”, “Dilbog‘”, “Parvoz”, “Birlashgan”, “Go‘zal”, “Alimkent”,  “Donishmand”, “Shohimardon”, “Xosiyatli”, “Shohsanam”, “Oydinko‘l”, “Yangidavr”, “Katta Yangiobod”, “Yanginur”, “Maxmur” “Jarqo‘rg‘on”, “Asalobod”, “Beshbola”, “Barkamol”, “Beshariq”, “Fazogir”,  Muxtor Ashrafiy”, “Ahmad Yassaviy”,  “Tarnovboshi”, “Yangi qo‘rg‘on”, “Nodira”, “Ko‘ksaroy”, “Do‘stobod”, “Iltifot”, “Chinor”, “Cho‘lpon”, “Shirinobod” mahallalarida, 7 – sonli issiqlik qozonxonasi hamda 21 – sonli Yong‘in xavfsizlik bo‘limida.

Sergeli tumani bo‘yicha: 
“Uchuvchilar”, “Qumariq”, “Choshtepa”, “Junariq”, “Aviashaharcha”, “Nog‘oyqo‘rg‘on”mahallalarida, Toshkent xalqaro aeroporti, 4- sonli Avtokorxona, Maxsustrans korxonasi, Saadiy ko‘chasidagi non ishlab chiqarish sexi, 2 – sonli shifoxona, Transport  Prokuraturasida hamda Davlat xavfsizligi xizmati omborxonasida. 

Mirobod tumani bo‘yicha:
“Qorasuv”, “Fitrat”, “Yangizamon”, “Sarako‘l”, “Tong Yulduzi”, “Inoqobod”, “Temiryo‘lchilar”, “Navro‘z”, “Oltinko‘l”, “Banokatiy”, “Zaminobod”, “Istiqlolobod”, “Birodarlik”, “Furqat” mahallalarida,  4 va 5-sonli shahar tug‘ruqxona majmualarida.

Yangihayot tumani bo‘yicha:
“Yangi Choshtepa”, “Choshtepa”  mahallalarida.

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:
Bobur ko‘chasi 46/1, 46/2, 46/3, 55,  57, 59, 61, 63, 65, 67/1, 67/2, 67/3, 67/4, 67/5, 67/6, 67/7, 67/8, 67/9, 67/10, 67/11, 67/12, 69/13, 67/14, 67/15, 67/16, 67/17, 69/1, 69/2, 69/3, 69/4, 69/5, 69/6, 69/7, 69/8, 69/9, 81/1, 81/4 ,72, 74, 74b – sonliko‘p qavatli uylarda, Nukus ko‘chasi 2, 4, 6, 9, 57, 59 – sonli ko‘p qavatli uylarda, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 2g – sonli ko‘p qavatli uyda, “Toshshahargazta’minot” korxonasi, Toshkent issiqlik elektr markazi hamda tuman ichki ishlar bo‘limida.

Bildirilishicha, suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:07
 
36
0
xs.uz

Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni ' Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.

18 Apr 11:07
 
39
0
xs.uz

Qashqadaryo viloyatida “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Qayd etilishicha, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.O. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.A.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4,1 ming AQSh dollari va 32,8 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.Shuningdek, Departamentning Kitob tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimma

04 Apr 16:18
 
54
0
xs.uz

Rossiyalik oʻquvchilar Oʻzbekiston oromgohlariga keladi

Viloyat oʻquvchilari uchun oromgohlariga sayohatlar tashkil etilishi haqida gubernator Oleg Kojemyako Navroʻz munosabati bilan tashkil etilgan bayramda maʼlum qilgan.'Biz oʻquvchilarimizni tabiiy mevalar bilan toʻyinishlari va yaxshi quyoshli kunlarni oʻtkazishlari uchun Oʻzbekistondagi lagerlarga joʻnatamiz. Hamkorligimiz uzoq va mustahkam boʻlishi uchun barcha ishni qilamiz', degan u.Tadbirda madaniyat doʻstlikning eng yaxshi elchisi ekanligini taʼkidlanib, bunday hamkorlikdagi ishl

24 Mar 13:25
 
404
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik harbiylar AQSH Milliy gvardiyasining maxsus boʻlinmalari harbiy xizmatchilarini magʻlub etib, nufuzli musobaqa gʻolibi boʻlishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kichik serjant Abdullayev Alishox va III-darajali serjant Jovkashev Shoxrux joriy yilning 17'20-mart kunlari AQSHning Missisipi shtatidagi 'Camp Shelby' harbiy-oʻquv bazasida oʻtkazilgan 'Eng ilgʻor jangchi'2025' musobaqasida munosib ishtirok etishdi.Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va maxsus boʻlinmalarda xizmat qilish nufuzini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik harbi