calendar 16 May 11:39
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putin Xitoyga bordi (video)

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qayta saylanib, lavozimga kirishganidan so‘ng ilk xorijiy tashrifi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekinga bordi. Bu haqda Kreml xabar berdi. 

E’lon qilingan kadrlarda Putinni faxriy qorovul kutib olganini ko‘rish mumkin. Aeroportdagi kutib olish marosimidan so‘ng Rossiya yetakchisining korteji Xitoy politsiyasi va mototsiklchilar otryadi hamrohligida Pekin aeroportidan jo‘nab ketdi. Putin o‘zining Aurus'ida edi. Xitoyda Putinga yangilangan Rossiya hukumatining ko‘plab rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya hamrohlik qilmoqda.

Vladimir Putinning navbatdagi vakolat muddati boshlanganidan Pekinga safarigacha 10 kun o‘tdi, XXR raisi Si Szinpinning qayta saylanishi va uning 2023 yilda Moskvaga tashrifi o‘rtasida ham aynan shunday vaqt o‘tgandi. O‘shanda Rossiyaga safar ham Xitoy rahbarining birinchi xalqaro sayohatiga aylangandi.

Xitoyga tashrif ikki bosqichda amalga oshiriladi: Rossiya Prezidenti Pekin va Xarbinga tashrif buyuradi. Bugun, 16 may kuni Rossiya yetakchisining Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchta uchrashuvi rejalashtirilgan.

“16 may kuni Pekinda Putin XXR raisi Si Szinpin bilan tor va keng doirada, shuningdek, choy ustida va 1+4 formatida muzokaralar o‘tkazadi. Xitoyda eng muhim narsa, ayniqsa, birgalikda choy ichishdir”, deydi Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Putin XXR raisi Si Szinpinga oktyabr oyida Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etish taklifini yuborishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari Ukraina, Yaqin Sharqdagi vaziyat, Shanxay hamkorlik tashkilotidagi o‘zaro hamkorlik, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi integratsiya jarayonlarini bog‘lash masalasini ham muhokama qiladi.

Ertaga, 17 may kuni Vladimir Putin Xarbindagi mahalliy politexnika universiteti talabalari bilan uchrashadi. Xitoylik yoshlar Rossiya rahbariga savollar berishi mumkin bo‘ladi. Universitet Rossiya tomonidan 100 yil avval rus-xitoy kadrlar tayyorlash maktabi sifatida tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, birinchi uch prezidentlik muddati boshida Putin ilk xorijiy safar sifatida qo‘shni davlatlarga – 2000 yilda Belarusga, 2004 yilda Ukrainaga va 2012 yilda yana Belarusga borgan. 2018 yilda Putinning to‘rtinchi prezidentlik muddati boshida birinchi davlat tashrifi Avstriyaga bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 5-10 may kunlari Xitoy rahbari Si Szinpin Yevropa davlatlariga safar qilgan, Fransiya, Serbiya va Vengriyada bo‘lgandi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Parijda Si Szinpinni Ukrainadagi mojaro munosabati bilan Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga majburlashga urinib ko‘rdi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
196
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi tayinlandi

U Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Protokol bosh boshqarmasi boshligʻi, elchi Ahmet Jemil Mirogʻluga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.Rasmiylar 21html5-dom-document-internal-entity1-minus-end22-iyun kuni Istanbulda boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokini muhokama qilishgan.Ahmet Jemil Mirogʻlu, oʻz navbatida, yangi elchiga Istanbuldagi Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi bilan toʻgʻr

31 May 08:50
 
37
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash

04 Jun 02:45
 
120
0
xs.uz

Ukraina Rossiyaning 41 ta harbiy samolyotini yoʻq qildi — OAV

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya ' Ukraina chegarasidan uzoqda joylashgan bir qancha viloyatlardagi rus aerodromlariga hujum uyushtirgan. Bu haqda 'Ukrainskaya pravda', 'Babel', 'RBK-Ukraina' va boshqa nashrlar maxsus xizmatlardagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.Manbalariga koʻra, 'Oʻrgimchak toʻri' deb nomlangan ushbu operatsiyani Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk shaxsan boshqargan. Hujum natijasida 40 dan ortiq rus samolyotlari, jumladan, 'A-50', 'Tu-95' va 'Tu-

18 Jun 21:56
 
192
0
xs.uz

AQSHda Trampning Isroil — Eron mojarosiga aralashishini taqiqlovchi rezolyutsiya tayyorlandi

AQSH Kongressiga Donald Trampni Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga aralashishdan ogohlantiruvchi ikki partiyaviy rezolyutsiya taqdim etilgan. Bu haqda 'Sky News' telekanali xabar berdi.Hujjat respublikachi Tomas Massi va demokrat Aleksandriya Okasio-Kortez tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchisiga koʻra, Konstitutsiya Amerika Qoʻshma Shtatlari ijroiya hokimiyatiga bir tomonlama 'urush harakatlari'ni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.'Kongress Eronga urush eʼlon qilishning eksklyuziv huquqiga