calendar 16 May 08:29
eye 82
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Blinken Ukrainaga qo‘shimcha 2 mlrd dollar ajratilishini e’lon qildi

image
Blinken Kiyevdagi tungi klubda qo‘shiq kuyladi (video) north_east

Blinken Kiyevdagi tungi klubda qo‘shiq kuyladi (video)

Qo‘shma Shtatlar yangi mudofaa sanoati jamg‘armasi orqali Ukrainaga qo‘shimcha 2 milliard dollar harbiy mablag‘ ajratmoqchi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Qo‘shimcha qilmoqchimanki, biz [Ukrainaga] yangi mudofaa sanoati fondi orqali qo‘shimcha 2 milliard dollar ajratamiz”, degani u.

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘lari uch qismga bo‘linadi: birinchisi Kiyevni “imkon qadar tezroq” qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi, ikkinchisi Ukraina harbiy-sanoat majmuasini tiklash va modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi, uchinchisi boshqa mamlakatlardan harbiy texnika sotib olish uchun ishlatiladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSHning Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi jamg‘armasi Kiyevning boshqa mamlakatlardan qurol sotib olishini ham, Ukrainaning o‘zida harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirishni ham ta’minlaydi.

Ma’lumot uchun, Bayden avvalroq Kiyevga 400 million dollar miqdorida harbiy yordam yuborishni buyurgan edi. Umuman olganda, Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden prezidentligining boshidan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga xavfsizlikni ta’minlash uchun 51,3 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ (shu jumladan, Rossiya bosqini boshlanganidan beri 50,6 mlrd dollar) ajratgan. 

Aprel oyi oxirida Bayden Kongress tomonidan Ukraina, Isroil va Tayvanga qurol yetkazib berishni qayta tiklash bo‘yicha ma’qullangan qonun loyihalari paketini imzoladi. Paket hajmi 95 milliard dollarni tashkil etdi, u Ukraina uchun 61 milliard dollarni o‘z ichiga oladi. Davlat rahbari ushbu qonun loyihalarini imzolaganidan so‘ng Pentagon Ukrainaga 1 milliard dollarlik qurol-yarog‘ va texnika jo‘natayotganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Davlat departamenti Ukrainaga uchta HIMARS qurilmasini zudlik bilan sotishga ruxsat bergandi. “Bloomberg” esa manbalariga tayanib, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga yana bir Patriot havo mudofaa tizimini yuborishi mumkinligini yozdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
32
0
xs.uz

Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi

Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.

13 Jun 00:39
 
83
0
xs.uz

Hindistonda bortida 242 nafar odam boʻlgan yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi

Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan. Samolyotni kapitan Sumit Sabharval va birinchi ofitser Klayv Kundar boshqarayotgan boʻlgan. Baxtsiz hodisa samolyot soat 13:38 da havoga koʻtarilganidan besh daqiqa oʻtib, Megani aholi y

08 Jun 02:27
 
38
0
xs.uz

NATO Ukrainadan koʻra oʻzining boʻlinishidan koʻproq xavotirda — ekspert

NATOning navbatdagi sammitida Ukrainaga unchalik eʼtibor berilmaydi, chunki alyans endi oʻz boʻlinishini yengib oʻtishdan koʻproq xavotirda. Bu fikrlarni Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti eksperti Sergey Ermakov aytib oʻtdi.NATO sammiti shu yilning 24-25-iyun kunlari Gaagada boʻlib oʻtadi. Avvalroq 'France-Presse' agentligi nomi oshkor etilmagan diplomatga tayanib, NATO ushbu sammitining yakuniy deklaratsiyasini qisqacha bayon qilishga va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirmaslik uc

04 Jun 02:45
 
115
0
xs.uz

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Jabrlanganlar bor

Turkiyaning janubiy viloyatlarida 5,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya maʼlum qildi.Mugʻla viloyatida va yana bir nechta hududlarda sezilgan yer silkinishlari 3-iyunga oʻtar kechasi mahalliy vaqt bilan 02:17 da yuz bergan. Uning epitsentri Marmaris kurorti yaqinidagi dengizda, 67 kilometr chuqurlikda yuzaga kelgan.Tabiiy ofat oqibatida 69 kishi jabrlangan. Ularning koʻpchiligi uylarining derazalaridan sakrash chogʻida jarohatlangan. Hozi