calendar 14 May 14:34
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

image

Bugun, 13 may kuni Toshkent shahrida Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi raisi o‘rinbosari Lyu Gochjun hamraisligida o‘tgan majlisda ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari jadal rivojlanayotgani, bunda, davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona, yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlangan.

Yig‘ilishda tovar ayirboshlashni yanada oshirishga qaratilgan qo‘shma “Harakatlar rejasi”ni qabul qilish, Xitoyga mahsulotlarini uzoq muddatli va barqaror yetkazib berish uchun qo‘shimcha savdo imtiyozlarini joriy etish, sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish, iqtisodiyotning barcha sohalarida qo‘shma raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirish taklif etilgan.

Tadbir so‘nggida, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari eshitildi hamda Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lyu Gochjun Prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 16:58
 
32
0
xs.uz

Soʻzim dilda, doʻmbiram qoʻlimda

Xalq ogʻzaki ijodining goʻzal va betakror namunasi baxshichilik sanʼati ming yillar davomida oʻz ahamiyatini yoʻqotmadi. Aksincha, yillar mobaynida sayqal topib, madaniy merosimizni boyitib kelmoqda. Bugungi globallashuv zamonida baxshichilik sanʼati eʼtibordan chetda, ustoz baxshilar keksayib koʻp joylarda ushbu tarixiy meros unutila boshlagandi.2018-yil 1-noyabrda Prezidentimizning 'Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida'gi qarori uni asrab-avaylab yosh avlo

31 May 15:41
 
63
0
qalampir.uz

Narkokurerni “samosud” qilganlar qamaldi

Narkokurerni shafqatsizlarcha kaltaklagan 14 nafar fuqaroga nisbatan hukm chiqarildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yilda uch nafar fuqaro 1998 yilda tug‘ilgan erkakni majburan mashinaga joylashtirgan va kimsasiz joyga olib borgan. U yerda 26 yoshli yigit vahshiylarcha kaltaklangan. Uch nafar shaxs holatni video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Gap shundaki, jabrlanuvchi to‘dada narkokurerlik vazifasini bajargan. U giyohvand modd

06 Jun 20:36
 
28
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Anqaradagi Prezident saroyida rasmiy kutib olindi (video)

Bugun, 6 iyun kuni Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Ikki davlat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarini

15 Jun 11:02
 
21
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik harbiylar Belarusdagi paradda qatnashadi

O‘zbekiston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Belarus Respublikasining mustaqilligiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etiladigan harbiy paradda ishtirok etadi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, xalqaro delegatsiyalar va 21 davlat vakillari Belarus Mustaqillik kunini nishonlashda ishtirok etishini tasdiqlagan.  “Xalqaro delegatsiyalar va 21 davlat vakillari allaqachon Belarus Respublikasi Mustaqillik kunini nishon