calendar 14 May 14:34
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Modrich “Real”dan ketadi – manba

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol jurnalisti Ramon Alvares de Mon o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 38 yoshli xorvatiyalik madridliklar safida to‘p suradigan 10-raqam Kilian Mbappega o‘tadi. Fransiyalik futbolchining transferi yaqin orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Dastlab, Mbappe qirollik klubida 9-raqam ostida to‘p tepishi xabar qilingandi, biroq Modrich ketsa, Kilian 10-raqamning yangi egasiga aylanadi. 

Modrich 2012 yildan beri “Real”da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe “Real”dagi besh yili davomida qancha bonus olishi xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
133
0
xs.uz

Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.

04 Jun 02:45
 
143
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

13 Jun 00:40
 
36
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri

04 Jun 02:45
 
147
0
xs.uz

Nukusda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Qizg'in bahslarga boy bo'lgan musobaqa yakuniga ko'ra:16 ' 21 yoshlilar orasida:1-o'rin: Beruniy tumani 'Shabboz' MFY2-o'rin: Qorao'zak tumani 'Dosnazarov' MFY3-o'rin: Qo'ng'irot tumani 'Sanoat' MFY.22 ' 30 yoshdagilar orasida:1-o'rin: Mo'ynoq tumani 'Jayhun' MFY2-o'rin: Shumanay tumani 'Momiy' MFY3-o'rinni Xo'jayli tumani 'Uzumzor' MFY jamoalari egalladi.Musobaqa yakunida g'oliblar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, qimmatbaho sovg'alar va O'zbekiston Respublikasi bosqichiga yo'llan