IIV Madaniyat saroyi Ashula va raqs ansambli jamoasi tomonidan Farg'ona viloyati bo'ylab xayriya konsertlari namoyish etildi.
Farg'ona shahrida tashkil etilgan mazkur kechada ushbu hududda xizmat qilayotgan osoyishtalik posbonlari, ularning oila a'zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Vazirlik rahbariyati tashabbusi bilan har yili respublikamizning barcha hududlarida o'tkazilib kelinayotgan mazkur tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad ham xizmat paytida halok bo'lgan hamda nogiron bo'lib qolgan xodimlarning oila a'zolarini qo'llab-quvvatlash, shuningdek, kelajagimiz egalari bo'lmish yosh avlodni ona Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Kontsert dasturi davomida halok bo'lgan xodimlarning xotirasi yodga olinib, ularning farzandlari va yaqinlariga viloyat IIB rahbariyati hamda ansambl jamoasi tomonidan sovg'alar hadya qilindi.
Ko'tarinki ruhda o'tgan mazkur kechada taniqli xonandalar vatanparvarlik, tinchlik, mehr-oqibat va muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar ijro etishdi. Ichakuzdi latifalar esa, barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.
Bu kabi tadbirlar Qo'qon shahri va olis So'x tumanida ham bo'lib o'tdi.
Abduvosit SIDIQOV,
o'z muxbirimiz.
Navoiydan bahra olgan Gʻarb
Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri