calendar 11 May 20:56
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

1 iyundan zo‘ravonlikka uchragan ayollarga himoya orderisiz ham ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi

image

Joriy yilning 1 iyunidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi. Bu haqda “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.

2024 yil 1 iyundan:

  • tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;
  • xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro‘yxatga olinadi.

Tazyiq va zo‘ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkaziladi;
  • profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
  • tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlariga joylashtiriladi;
  • rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma’lumotlar «Inson» markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
11
0
xs.uz

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internetdan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik chora

20 Sep 00:21
 
19
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga yetib bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga yetib bordi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi ikkinchi 'Markaziy Osiyo - Germaniya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti

20 Sep 00:21
 
20
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitida nutq soʻzladi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sizlarni qutlashdan chin dildan mamnunman.Samimiy qabul va uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga bildirilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Germaniya Federal kansleri hurmatli Olaf Shols Janobi Oliylariga mintaqamiz mamlakatlari bilan ko'p qirrali sheriklikni kengaytirish tarafdori ekanligi uchun tashakkur izhor qilaman.Bizning Berlindagi ilk uchrashuvimiz va bugu