calendar 11 May 17:46
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda geroin savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga tushdi

image

Samarqandda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanayotganlar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Urgut tumani “Chep” mahallasida yashovchi 27 yoshli A.D. va “Vatkan-Qo‘zibek” mahallasida yashovchi 42 yoshli Sh.X. jinoiy til biriktirib, giyohvand modda oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan.

Viloyat huquq-tartibot idoralari xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.D., Z.F. hamda Sh.X. harakatlanib ketayotgan avtomashinada 248,33 gramm miqdorda geroin giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositalari fuqaro A.D.ga tegishli bo‘lib, uni Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqaroga yetkazib berishni rejalashtirgan.

Mazkur holat bo‘yicha Sh.X. va A.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
12
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvada oʻtayotgan MDH sammitida ishtirok etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Moskva shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.

10 Oct 18:20
 
26
0
xs.uz

Paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan rais jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, oʻrganish davomida Shahrisabz tumanidagi Paxtakor MFY raisi L.Oʻroqov 2024-yil 9-oktyabr kuni Nushkent qishlogʻining 'Nushkent birlashaylik' Telegram kanaliga ushbu ovozli xabarni yuborib ishsiz fuqarolarni paxta yigʻim-terimiga chaqirganligi, shundan soʻng ular terimga kelganligi aniqlangan.Vazirlikka koʻra, holat yuzasidan L.Oʻroqovga nisbatan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (18 mln

10 Oct 18:40
 
29
0
xs.uz

Toshkentda qoʻlbola aroq ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar fosh etildi

Qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqargan yashirin sexdan 850 litr etil spirti ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqarolar M.A., M.M. va boshqalar Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani Qovunchi MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etgan.Maʼlum boʻlishicha

10 Oct 17:10
 
23
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” 4 viloyat hududida sel kelishi xavfi borligini eʼlon qildi

Joriy yilning 11 va 13-14-oktyabr kunlari kutilayotgan yomgʻirli ob-havo sabab, Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda 'Oʻzgidromet' xabar berdi.Qayd etilishicha, Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfi bor.Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvch