Amerikalik mashhur reper va bastakor Maklemor Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi norozilik qo‘shig‘ini e’lon qildi.
"Hind's Hall", sarlavhasi Kolumbiya universitetining Hamilton zaliga ishora qiladi. Aprel oyi oxirida Falastin tarafdori bo‘lgan talabalar mazkur zalda G‘azoda o‘ldirilgan olti yoshli qizaloq Hindning sharafiga "Hind's Hall" (Hindning zali) deb yozilgan ulkan bannerni osib qo‘yishgandi.
Asarda xip-xop san’atkori Amerika siyosiy elitasini, jumladan, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jo Baydenni ishg‘ol ostidagi Falastin anklavida davom etayotgan qonli Isroil tajovuziga qaramay, harakatsizligi uchun tanqid qilgan.
Mashhur reper norozilik namoyishi o‘tkazayotgan Falastin tarafdori talabalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, shu bilan birga, Amerika musiqa sanoati vakillarini sukut saqlaganliklari uchun ayblagan.
Bir sutkadan kamroq vaqt ichida Makklemorning kompozitsiyasi X platformasida (sobiq Twitter) 18 million marta ko‘rildi. Musiqachi trekdan tushgan barcha mablag‘ni falastinlik qochqinlarga yordam berish uchun BMTning Yaqin Sharq agentligiga yuborishga va’da berdi.