calendar 10 May 14:21
eye 82
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sirdaryo hokimi Prezident topshirig‘i bilan boyovutlik otaxonga uy sovg‘a qildi

image

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari 8 may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olgandi. O‘shanda u boyovutlik otaxon bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg‘a qilinishini bildirgan. Prezident viloyati hokimiga qo‘ng‘iroq qilib, otaxonga Gulistondan uy berishni buyurgan.

Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Prezident topshirig‘idan so‘ng, otaxonga uy sovg‘a qildi.

101 yoshli otaxon O‘skan ota Hojimanov ayni paytda davolanayotgani bois, xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi. Shuningdek, hokim gospitalda ham bo‘lib, otaxonni tabriklagan, yangi xonadon hujjatlari va kalitini bergan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
44
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad

31 May 08:49
 
65
0
xs.uz

Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard

17 May 21:46
 
57
0
xs.uz

MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi

04 Jun 02:44
 
36
0
xs.uz

4-iyun kuni ob-havo qanday boʻladi?

'Oʻzgidromet' 4-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda