calendar 10 May 13:32
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Pokiston Bosh vaziri O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

image

Kecha, 8 may kuni Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqot yuzasidan fikr almashildi. Iqtisodiy, investitsiyaviy, parlamentlararo, madaniy va ikki xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish borasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish haqida so‘z bordi. 

Shundan so‘ng delegatsiya Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Ishoq Dar, Pokiston savdo vaziri Jam Kamol Xon, xususiylashtirish vaziri Abdul Alim Xon, Milliy oziq-ovqat xavfsizligi va tadqiqot vaziri Rana Tanvir Husayn hamda Pokiston temir yo‘llari raisi Sayid Mazhar Ali Shoh bilan uchrashdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
28
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Koʻksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdilar.Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini aloh

03 Sep 21:34
 
28
0
xs.uz

Bir yilda isteʼmol sektoridagi tovarlarning narxi 10 foizdan koʻproqqa oshgan

Avgust oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha darajasi 0,5 foizga, avvalgi yilga nisbatan esa 10,5 foizga oshgan. Bu haqda Statsitika agentligi'xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning avgust oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,3 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,8 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 0,4 % ga oshgani kuzatilgan.Qayd etish kerakki, mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish

03 Sep 21:35
 
19
0
xs.uz

Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar bermaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Unga koʻra, agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan boʻlsa, 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima qoʻllanilishiga sabab boʻladi.Shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar koʻrmaganlik uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.Agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan boʻlsa, 10 baravaridan 15 baravarigacha mi

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi

'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi.Unga koʻra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.'Ishga marhamat' monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari ta