calendar 10 May 13:31
eye 117
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Parij-2024 Olimpiadasining ochilish marosimi o‘tkaziladigan manzil o‘zgarishi mumkin

image

Parij mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi tarixda birinchi bo‘lib stadionda o‘tkazilmaydi. Fransiya poytaxtida o‘tkaziladigan marosimda ishtirokchi sportchilarning Sena daryosi bo‘ylab qayiqlarda suzib yurishi va ularni qirg‘oqlardagi 300 ming tomoshabin tomosha qilishi rejalashtirilmoqda, biroq Olimpiada o‘yinlarining ochilish kechasida 45 mingga yaqin politsiyachi safarbar etilishiga qaramay, xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar paydo bo‘lmoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Olimpiada tashkilotchilaridan o‘z rejalaridan voz kechib, ochilishni an’anaviy tarzda o‘tkazish so‘ralgan. Ba’zi Olimpiya qo‘mitalari esa o‘z sportchilarini xavfsizlik nuqtai nazaridan ochilish marosimiga borishdan bosh tortishga chaqirmoqda.

Fransiya hukumati terrorga qarshi ogohlantirish darajasini mart oyida Moskvadagi konsert zalida sodir etilgan teraktdan keyingi eng yuqori darajaga ko‘tardi. O‘shandan beri terror guruhlar futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasi chorak finali o‘yinlarida, jumladan Parijda teraktlar uyushtirish bilan tahdid qildi.

Qayd etilishicha, Olimpiada tashkilotchilari ochilish marosimini poytaxtda joylashgan Fransiyaning eng yirik arenasi – “Stad de Frans”ga ko‘chirishi mumkin.

Tashkilotchilar va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining qarori hozircha noma’lum.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
534
0
xs.uz

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl

15 Jun 10:46
 
254
0
xs.uz

Oʻzbekiston MTJ amaldagi Jahon chempionlariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi mumkin

Jahon chempionatiga yoʻl olgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mundial arafasida jiddiy tayyorgarlik rejalashtirmoqda. Bu jarayon doirasida jamoa dunyoning yetakchi terma jamoalari bilan bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazishi koʻzda tutilgan.'Championat.asia' nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi 2025-yil oktyabr oyida FIFA kunlari doirasida amaldagi Jahon chempioni Argentinaga qarshi bellashadi. Bellashuv Argentina hududida tashkil etilishi kutilmoqda.FI

08 Jun 02:27
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekiston, futbol boʻyicha jahon chempionatiga xush kelibsiz!

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbol boʻyicha 2026-yil AQSH, Meksika va Kanadada oʻtkaziladigan jahon chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, toʻrt yillikning nufuzli musobaqasida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.Futbolchilarimizning bu yutuqlari nufuzli xorij nashrlari, ekspertlar va keng jamoatchilik vakillari tomonidan tarixiy natija sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki har toʻrt yilda Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA

04 Jun 02:45
 
150
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.