calendar 10 May 13:31
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dueyn Jonson MMA mashg‘ulotlarini boshlashini ma’lum qildi

image

"The Rock" taxallusi bilan tanilgan Gollivud aktyori va sportchi  Dueyn Jonson navbatdagi “Smashing Machine” nomli filmiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida MMA bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshlash niyatida. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Smashing Machine” filmi Jonsonning aktyorlik karerasidagi muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda. Chunki u filmda MMA sportining haqiqiy afsonasi bo‘lgan Mark Kerrning hayoti va bosib o‘tgan yo‘lini ijro etadi.

“Ertadan MMA mashg‘ulotlarini boshlayman. Mening hozirgi holatim juda yaxshi va yurak urishim ham normada. Men ushbu filmga chuqur hurmat va muhabbat bilan yondashaman. Kerrga hurmatim cheksiz. Men ko‘p yillar davomida giyohvandlikka qarshi kurashgan juda ko‘p do‘stlarimning (kurashchilarni) hayotdan ko‘z yumgani, shuningdek o‘z joniga qasd qilganining guvohi bo‘ldim. Bu so‘zlarim mening ularga sevgi maktubimdir”, deydi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dueyn Jonson o‘zining Fransiyadagi Le Musee Grevin muzeyiga o‘rnatilgan haykalini almashtirmoqchiligini ma’lum qilgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 14:24
 
3
0
postda.uz

O'ZBEK TILI – O'ZLIGIMIZ TIMSOLI

Yurtimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida amal qilishi­ning huquqiy asoslari qonunan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni uch tamoyilga – umumiylik, majburiylik va huquqiy kafolatga asoslanadi. Darhaqiqat, davlat tilining mustahkam huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgani tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydala­nishga yetarlicha zamin yaratib, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an

20 Sep 00:23
 
30
0
xs.uz

Mahoratli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi

'Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi', deyiladi vazirlik xabarida.Musaxon Nurmatov 1968-yili Fargʻona viloyatida tugʻilgan. U 1990-yillar oxiri, 2000-yillar boshida oʻzbek milliy estrada sanʼatidagi yuzlab qoʻshiqlar musiqasining muallifidir.Xususan, uning 'Laylim', 'U goʻzal boshqa', 'Adashdim', 'Yana sogʻindim, yana', 'Meni sevib qolsayding', 'Xabaring yoʻq', 'Qizmi bu, kiyikmi bu', 'Davraga tushgan goʻzal

20 Sep 00:23
 
27
0
xs.uz

Afsona bilan suhbat

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Botir Zokirov deyilganida beixtiyor koʻz oldimizda 'Maftun boʻldim', 'Raʼno', 'Arab tangosi', 'Xayolimda boʻlding uzun tun', 'Kecha bogʻda' singari musiqiy sanʼatimiz xazinasidan oʻrin olgan ajoyib qoʻshiqlar ijrochisi gavdalanadi. Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi Buxoroda shu sanʼatkorning hayoti va faoliyatiga bagʻishlab tayyorlangan ' 'Afsona bilan suhbat' teatrlashtirilgan badiiy dasturni namoyish etdi.' Oʻzbekiston xal

09 Oct 12:36
 
3
0
postda.uz

TIL OFATI

Insonga tilidan keladigan balolar juda ko‘p. Binobarin, tilga erk berish yomon oqibatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, yolg‘on va xatolik, g‘iybat va chaqimchilik, riyo va nifoq, ozor va xusumat kabi ofatlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. “Kimki jim bo‘ldi – najot topdi”, deyiladi. Lekin tilni saqlayman, deb butunlay jim turish ham yaramaydi. Gapirish shart bo‘lgan joyda gapirmaslikning zarari jim bo‘lish lozim bo‘lganda so‘z aytganning zararidan ko‘proqdir. &n