calendar 10 May 13:31
eye 40
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sud: guvohlar kim tomonda?

image

Taniqli xonanda Botir Qodirov O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayevni sudga berganidan xabaringiz bor.

Bugun 2 may kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi binosida Botir Qodirov va Zohirshoh Jo‘rayevlar ishi ko‘rilmoqda.

Dastlab, sud ochiq bo‘lishi aytilgandi. Shohjahon Jo‘rayev va Zohirshoh Jo‘rayev tomonidan vakil sifatida qatnashayotgan advokatlar sudning yopiq eshiklar ortida olib borilishini so‘radi. Botir Qodirovning vakili ham bu taklifni qo‘llab-quvvatlagach, sud yopiq tarzda o‘tkazilishi belgilandi. 

Sudda guvohlik berish uchun tashrif buyurganlar orasida Sherali Jo‘rayevning qarindoshi, Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevning ammasi ham bor. U Botir Qodirovni tan olishini aytdi. 

"Men Botir Qodirovning ammasi bo‘laman. Mana necha kundan beri yuraklarim ezilib ketdi – Botirjonni o‘ylab. Kelinglar, Botirjonni tan olaylik, aka-ukalar ahil-inoqlikda yashasin", deydi Sherali Jo‘rayevning qarindoshi.

Sudda, shuningdek, Sherali Jo‘rayevni yaqindan tanigan, birga yurgan yaqinlari ham qatnashmoqda. Ular ham Botir Qodirovni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

"Botir Sherali Jo‘rayevning haqiqiy o‘g‘li. Haqiqat 10 yildamas, 40 yilda chiqadi deganlaridek, nihoyat chiqdi. Ungacha Botir shunchalik oliyjanoblik qilib, indamay keldi. Sherali Jo‘rayev bir paytlari uni haqorat qilganida ham Botir hech narsa demagan. Bundan 19 yil oldin Sherali Jo‘rayev Xo‘jaobodda to‘yda bu mening farzandim emas, 40 yoshga kirib ko‘rganman farzand deganini eshitgansiz. Men o‘shanda nega unaqa deding, deb Sherali Jo‘rayev bilan janjallashganman, shunda u ko‘ziga yosh olib, shariatda oila mustahkamligi uchun yolg‘on gapirish mumkin ekan, degandi", deydi  Sherali Jo‘rayevning yaqin do‘sti.

Sud ishi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun YouTube sahifamizni kuzatib boring.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:55
 
39
0
xs.uz

“Tabassuming yodimda hamon...”

20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak

27 Jan 00:55
 
37
0
xs.uz

Bir-birimizni maqtash uchun kelmadik – Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini oʻrgandi.Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 22-23-yanvar kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida vazirlikning 2024-yil yakunlariga bagʻishlangan kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishida ishtirok etdi va hududdagi madaniyat, sanʼat yoʻnalishida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Jumladan, 'Vazir va yoshlar uchrashuvi' doirasida 200 nafardan ortiq qoraqalpoqlik yoshlar bilan

31 Jan 15:22
 
27
0
xs.uz

“Bilmak Navoiyni — zoʻr maʼrifat nishoni...”

Olti asrga yaqinki, Alisher Navoiy oʻz xalqining manglayini maʼrifat nuri bilan yoritib kelayotgan ulugʻ siymolardan biri hisoblanadi. Har yili oʻzbek tili bayrami arafasida tengsiz tafakkur dahosining buyukligini koʻramiz.Navoiyning 584-yildan beri tavallud ayyomini nishonlab kelayotgan boʻlsak-da, umrimizni Navoiy yillari bilan oʻlchasak, biz bul ulugʻ zotga qanchalik yaqinlashdik? Benazir tafakkur olamini nechogʻliq teran angladik? Amir Alisherning gʻazallarini Hirotdan tortib Samar

27 Jan 00:55
 
41
0
xs.uz

Joʻrabek dodxoh kim boʻlgan?

'Adabiyot' nashriyotida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Norqobil Jalil va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Roʻzimboy Hasan hammuallifligida 'General Joʻrabek: davr va qismat' deb nomlangan asar nashr etildi.Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mazkur kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirni ochgan Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo mualliflar 1840-yilda Kitob shahri yaqinidagi Gulgunpoʻsh qishlogʻida tugʻilgan Jo