calendar 10 May 13:30
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Zelenskiy Davlat xavfsizlik boshqarmasi rahbarini ishdan bo‘shatdi

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Davlat xavfsizlik boshqarmasi rahbari Sergey Rudni ishdan bo‘shatdi. Tegishli farmon Ukraina Prezidenti saytida e’lon qilindi.

Ishdan bo‘shatish sababi haqida ma’lumot berilmagan. Rud bu lavozimda 2019 yildan beri ishlab kelayotgan edi.

Ukraina Davlat xavfsizlik boshqarmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakat Prezidentiga bo‘ysunadi va yuqori mansabdor shaxslarning himoyasi, shu jumladan davlat rahbarining xavfsizligi uchun javobgardir.

Ma’lumot uchun, 7 may kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati razvedka tarmog‘ini fosh qilgani, uning a’zolari Prezident Vladimir Zelenskiy, Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk, Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov va boshqa yuqori martabali amaldorlarga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan. Mazkur ish doirasida Ukraina Davlat xavfsizlik xizmatining ikki polkovnigi hibsga olindi. Ular davlatga xiyonat qilish va terakt tayyorlashda ayblangan.

“Strana” nashrining yozishicha, qo‘lga olinganlardan biri Rudga yaqin bo‘lgan polkovnik Andrey Guk.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Jun 13:55
 
40
0
qalampir.uz

Moskva yaqinidagi binoda yong‘in: qurbonlar soni ortib bormoqda

Moskva yaqinidagi Fryazino shahridagi ofis binosida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni sakkiz kishiga yetdi. Bu haqda favqulodda xizmatlarga tayanib, Rossiya OAVlari xabar berdi. “Yana bir jabrlanuvchi shifoxonada og‘ir ahvolda”, deydi Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov. Avvalroq rasmiylar qochishga urinib, derazadan sakrab tushgan ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Ilgari “Platan” ilmiy-tadqiqot instituti e

26 Jul 10:19
 
5
0
qalampir.uz

Moskvada mashina portlatildi (video)

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangani haqida bir qator OAVda turlicha talqinlar keltirilmoqda. Ularning aksariyati transport vositasida Rossiya Mudofaa vazirligi ofitseri, sun’iy aloqa radiomarkazi boshlig‘i o‘rinbosari

10 Jul 22:36
 
18
0
qalampir.uz

Starmer Ukrainaga Britaniya raketalari bilan Rossiyaga hujum qilishga ruxsat berdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Ukraina tomonidan Rossiyadagi harbiy nishonlarga hujum qilish uchun Britaniyaning Storm Shadow raketalaridan foydalanishini istisno qilmadi.  Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi. Starmerning ta’kidlashicha, raketalar "xalqaro gumanitar qonunlarga muvofiq aniq qo‘llanilishi kerak". "Ammo Ukraina ulardan mudofaa maqsadlarida qanday foydalanishni o‘zi hal qilishi kerak", deydi Britaniya Bosh vaziri. Storm S

26 Jun 10:51
 
31
0
qalampir.uz

KXDR uchirgan ballistik raketa muvaffaqiyatsizlikka uchragani aytildi

Shimoliy Koreya bugun, 26 iyun tongida Pxenyandan navbatdagi ballistik raketani uchirgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, KXDR mintaqa vaqti bilan ertalab soat 5:30 atrofida o‘z poytaxti hududidan ballistik raketa uchirgan. Biroq uchirish muvaffaqiyatsiz yakunlangan. “Shimoliy Koreyaning so‘nggi raketa sinovi muvaffaqiyatsizlikka uchragan ko‘rinadi”, deydi janublik harbiylar. Sinov KXDR Janubiy