calendar 10 May 13:30
eye 32
comments 0
comments Manba: postda.uz

UCH AVLODNI BIRLASHTIRGAN TADBIR

image

Ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan «Uch avlod uchrashuvi»da yosh, o‘rta va keksa avlod o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar izchillik bilan davom etmoqda. Xususan, IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentida «Yong‘inning oldini olish bo‘limi tashkil etilganligining 30 yilligi» va «Uch avlod uchrashuvi» ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Yong ‘inning oldini olish bo ‘limi 1994-yilning aprel oyida o‘sha paytdagi IIVning transport militsiyasi tarkibida 25 nafar xodim bilan ish boshlagan. Bo‘lim oldiga temiryo‘l vokzallarida, yo‘lovchi, yuk tashuvchi poyezdlar vagonlari hamda neft-gaz mahsulotlarini yetkazib beruvchi sisternalarda katta yong‘in va talafotlarning oldini olish ishlarini bajarish vazifasi qo‘yilgan. «Uch avlod uchrashuvi»ga tashif buyurgan faxriylarning ko‘pchiligi aynan mana shu yo‘nalishda uzoq yillar samarali xizmat qilib, pensiyaga chiqqan fidoyilar bo‘ldi. 

– Men sohaga endi kirib kelayotgan yoshlarni ustozlar o‘gitiga amal qilib, bilimlarni chuqur o‘zlashtirib, ustoz-faxriylarimizga munosib bo‘lishga, qolaversa, bugungi kunda oliy maqsadlarimizdan biri bo‘lgan «Yangi O‘zbekistonda – Uchinchi renessans» davriga poydevor qo‘yishda faol ishtirok etishga chorlayman! – dedi tadbirni ochib bergan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov.

Katta hayotiy tajribaga ega insonlar sifatida yosh avlodni vatanparvarlik, kasbiga sadoqat, qonunchilik va xizmat intizomiga qat’iy amal qilish ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriylar chin ma’noda ustoz degan nomga munosibdir. Tadbir yakunida tizimda uzoq yillar davomida mehnat qilgan faxriylarga IIV hamda FVV rahbariyatining tashakkurnomalari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Abror POYONOV,

o‘z muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 15:48
 
174
0
postda.uz

BUGUNGI DUNYONING GEOSIYOSIY MANZARASI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiXIX asr boshida boshlangan to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlari asosida shakllangan postindustrial modelning o‘z taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanishi kutilmagan oqibatlarga olib keldi. Ayniqsa, XXI asrga kelib, uning global modelga o‘tishi dunyodagi mavjud geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Bugunga kelib esa jahon arxitekturasining insoniyatni birlashtirishga qaratilgan yagona geosiyosiy modelini xavf ostida qoldirdi.Turli qarama-qarshi kuchlar v

11 Jul 15:13
 
42
0
xs.uz

Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari xitoy tiliga tarjima qilindi

Tadbirda mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari, Xitoy davlat matbuot muassasalari, nashriyot va bosma uylari vakillari, yetakchi adabiyotshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.Asar Xitoyda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan vatandosh Dildora Ismoilova tomonidan elchixona koʻmagida xitoy tiliga tarjima qilindi.Taqdimotda soʻzga chiqqanlar, Oʻzbekiston va Xitoy qadimiy Buyuk ipak yoʻlidagi koʻp asrlik tarix, boy madaniyat va noyob anʼanalarga ega mamlakatlar ekanligini taʼkid

11 Jul 15:13
 
32
0
xs.uz

Namanganda Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi

Namanganda XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari, Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana oʻn adadga ortgan. Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq poʻlatdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan.Ikkinchi aslaha

26 Jul 10:18
 
17
0
postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel