Ma’naviyat va ma’rifat darsi
Xotira – insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyat. U kechagi kun saboqlarini yodga solib, bugungi kunimizni, istiqbolimizni qadrlashga o‘rgatadi. Inson, millat va xalq tarixiy xotirasi bilan barhayot.
Har bir xalqning ma’naviy qadriyatlari bo‘ladi. Bugungi yorug‘ kunlarga yetib kelishimizga o‘z hissasini qo‘shgan, Vatan ozodligi, yurt mustaqilligi uchun jonini fido qilgan, chunonchi, Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ayni chog‘da, o‘zlarining ibratli ishlari bilan el-yurt tinchligi, xalqimiz hayotining farovonligi yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilayotgan, yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan nuroniy otaxon-onaxonlarni, ustoz-murabbiylarni qadrlash bizning ana shunday qadriyatlardan biri hisoblanadi.
Ajdodlarni xotirlash, ezgu ishlarini yodga olish, qolaversa, keksalik gashtini surayotgan faxriylarimizni ardoqlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish mustaqillik yillarida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Aslida, har qanday urush bashariyat uchun ulkan fojia. Ikkinchi jahon urushi esa insoniyat tarixidagi eng katta, eng mash’um qirg‘in. Olti yil davom etgan bu urushda o‘sha paytda dunyodagi 73 ta davlatdan 62 tasi, Yer yuzi aholisining 80 foizi ishtirok etgan. Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alaridagi 40 ta davlatni bevosita qamrab olgan qurolli to‘qnashuvlarga 110 million kishi safarbar qilingan, jami 70 million kishi halok bo‘lgan.
Ota-bobolarimiz Ikkinchi jahon urushida chinakam mardlik ko‘rsatib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga ulkan hissa qo‘shdilar. 120 mingdan ziyod o‘zbekistonlik askar va ofitserlar ko‘rsatgan jasorati uchun jangovar orden va medallar bilan mukofotlandi.
Urushning ilk kunlaridanoq O‘zbekiston ichki ishlar organlarining ko‘plab mard xodimlari ham o‘z ixtiyori bilan frontga otlandi. 1941-yilning o‘zida Toshkent o‘rta-maxsus militsiya maktabi tinglovchilarining 60 foizi, komandir-o‘qituvchilarining 30 foizi, Samarqand viloyati ichki ishlar organlaridan 1489 nafar, Toshkent temiryo‘l militsiyasi bo‘limining 204 nafar xodimi o‘zbek milliy diviziyasi, shuningdek, general Panfilov diviziyasi safida jangga kirdi. Ular o‘z hayotini xavf-xatarga qo‘yib, Ukraina, Belorussiya, Leningrad, Xarkov, Kursk yoyi, Shimoliy va G‘arbiy frontlarda fashistlarga qarshi janglarda yuksak qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatdilar.
Ularning ayrimlari frontdan sog‘-omon qaytib, ichki ishlar organlarida xizmatni davom ettirdi. Janglarda toblangan irodasi, fidokorona mehnatlari evaziga rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilib, polkovnik, general unvonlarigacha bo‘lgan sharafli yo‘lni bosib o‘tdi.
Ta’kidlash kerakki, 9-may – Xotira va qadrlash kuni bugun chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi. Shu kuni Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar yodga olinadi, hayot bo‘lganlarining holidan xabar olinib, ularga yuksak ehtirom ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralari, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiriladi.
Davlatimiz rahbarining qaror va farmonlari asosida har yili Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan, hamyurtlarimiz, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, faxriylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Urush qatnashchilarining xonadonlariga borilib, ularga pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirilyapti. Frontorti mehnat faxriylari, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Xuddi shuningdek, ular ko‘rsatgan matonat, mardlik va jasoratning ahamiyatini keng aholi, ayniqsa, yoshlar orasida targ‘ib qilish bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi rahbariyati soha faxriylari hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Muntazam ravishda ularning holidan xabar olinib, moddiy yordam berilmoqda. Zarur bo‘lsa, turmush sharoitini yaxshilash, ta’lim olishi va salomatligini tiklashi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
...Yillar, zamonlar o‘tadi. Yurt ozodligi, tinch va osuda hayotini himoya qilishda kurashib jon bergan xalqimizning asl farzandlari xotirasi aslo uchmaydi. Qahramon otalaridan o‘rnak va namuna olib, ular bilan faxrlanib yashaydigan xalq esa hech qachon kam bo‘lmaydi.
Kamol OLLOYOROV,
o‘z muxbirimiz.
Navoiydan bahra olgan Gʻarb
Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri